Shimlarning tizzasini ko‘tarib sajdaga borish

Ba’zida namoz o‘qiyotgan birodarlarimiz sajdaga ketishdan oldin shimlarini (shimni tizza qismidan) ushlab tortib sajdaga borishadi. Bu bilan namozda ortiqcha xarakat yuzaga kelmaydimi? Bu holat uch bora (hr rakatda) takrorlansa va soni uchtaga etsa, namoz buziladimi? Ancha vaqt oldin, qaysidir kitobdan (eslolmayapman), o‘qigan edim, ya’nada mukammalroq javobni (o‘zim uchun) bilib olmoqchi edim?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Albatta, bu ishni qilish yaxshi emas. Namoz uchun alohida tayyorgarlik ko‘rib, siz aytgan nuqosnlarni unda qilmaslik uchun barcha choralarni ko‘rish kerak. Ammo siz aytgan harakatlar ila namoz buzilmaydi.   

29 Aprel 2022, 07:13 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar