Nikohi halol bo‘lgan ayollar

Assalomu alaykum! Meni onamni otalarini 2 ayollari bo‘lgan. Onam bobomning 2- ayollaridan tug‘ilganlar. Meni uylanish vaqtim kelgan shu sababdan qarindoshlar orasidan bir qizni taklif qilishdi. Shunda menda savol tug‘ildi u qizni nikohi menga halol yoki xaromligi to‘g‘risida. U qiz menga qanday qarindosh bo‘ladi desak Bobomning 1chi ayollaridan qizlarining ya’ni onamning ona boshqa ota bir opasining nevarasi (qizining qizi) shu xolatda men u qizga nikohlanishim shar’an joizmi yoki yo‘q. Javob uchun oldidan rahmat, ushbu xolat bo‘yicha aniqroq manbaa saytdan topa olmaganim uchun o‘zlaringizga murojaat qildim.  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U qiz siz uchun begona ekan. Agar u qiz bilan emikdosh bo‘lmasangiz nikohingiz durust. Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 22:39 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar