GREN KARD olishning yana bir uslubi

Assalomu alaykum! Ustozlar, olib borilayotgan ishingizda Alloh yordamchi bo‘lsin. Avvalam bor bu savolimni barchaga ibrat bo‘lsin deb va bu savoli javobini o‘zga yurtlarda yurib bilmay o‘ziga-o‘zi mumkin deb o‘ylab yurgan yurdoshlarimizga bildirib qo‘yish niyatida sizlarga yozvomman. Amakimni o‘g‘li Amerikada ishlab qaytib keldi va bir xodisani gapirib berdi. U erdagi bir musulmon birodarimiz GREN KARD(ishlash uchun ruxsat) olish uchun bir yo‘lini borligini aytib beribdi. Ya’ni o‘z dinidan voz kechib boshqa dinga o‘tsa ham berilar ekan. Bu mumkin emas deb aytsalar, men ichimdan qabul kilmayman faqat gren kard olish uchun qabul kilganday bo‘laman, lekin qabul qilmayman deb aytibdi. Hurmatli Ustozlar shu masalada o‘z maslaxatlaringizni bildarsangiz shoyad Amerikada yurgan yurdoshlarimiz bu javobdan xulosa chiqarishib olishsa. Oldindan  rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Grin kart olish uchun boshqa dinga agarchi nomiga o‘tish bo‘lsa ham kufr hisoblanadi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:13 | Savol-javoblar | 158 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar