Isim qo‘yish xaqida

Assalomu alaykum! Jiyanchali bo‘ldim (qizaloq) ism qo‘yishga kelisha olmayabmiz. Enam (dadamning onasi) otanga urush vaqtida bir rus qiz qaragan, davolagan ekan o‘sha qizni ismini nabiralarimdan birortasiga qo‘yamizda deb aytib yurardi. Shu qizni ismini qo‘yaylik demoqda.      Qizning ismi Zoya bo‘lgan ekan, agarda ismini Zoya deb qo‘ysak musulmonchilikga to‘g‘ri keladimi? Hozir otam ham dadam ham olamdan o‘tib ketgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson qiyomat kunida chaqirilganda sharmanda bo‘lmaydigan ismni tanlash kerak. Yaxshilik qilishga kelsak albatta uni qadrlash kerak, lekin boshqa yo‘l bilan. Bizdan avval o‘tgan har bir muslima onalarimiz bizni nafaqat dunyo balki oxiratimiz uchun ham ulkan yaxshiliklarni qilishgan. Oisha roziyallohu anhuo onamizdek onalarimiz bo‘lmaganlarida qancha-qancha masalalar bizlarga etib kelmagan bo‘lar edi. Hazrati Umar roziyallohu anhu haqlarida “Agar Umar bo‘lmasa din yo‘q bo‘lib ketar edi” degan gaplar ham aytilgan. Bu gaplarni onalarimiz haqlarida ham aytishimiz mumkin. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:13 | Savol-javoblar | 135 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar