Sirli boy qiluvchi duo Voqia surasining siri

Assalomu alaykum! Yaxshilab taxorot olib asr namozini o‘qish va o‘sha erdan qimillamay shoshilmay Bismillahir rahmonir rohiym ni 100 m so‘ng Astag‘firulohal aziym va tavabur rohiym 100 m so‘ng La ilaha illallohni 100 m so‘ng Ya Daym ismini 300 marta so‘ng Allohumma soli ala sayidina Muhammadin va ala alihi va sallim 100 m so‘ng Voqia surasini 14 marta o‘qish va so‘ng ishtihod qilib so‘raydigon miqdordagi boylikni so‘rash va 7 marta salovat aytib qo‘zg‘alish. bu ish 3 kun bajarilarkan . Ish yo‘llar ochilib kutulmagan tomondanvoqia surasining sirli kuchi natijasida Allohning irodasi bilan baraka boylik xonadonga kirib kela boshlarkan shu amal qanchalik to‘g‘ri, Ya Daym ismi Nima manoni beradi Allohni Shu ism sifati bormi bidat amalmasmi Qutbul irshod nomli kitobda bor ekan adashmasam men ham yutubdagi kanaldan oldib sizlardan bir so‘ray dedim chuqurroq malumot bersalaringiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ketma-ketlikdagi zikr va duolar shar’iy manbalarda kelmagan. Voqe’a surasi fazilati borasida esa rivoyat bor. Ammo qolganlariga hujjat yo‘q. Vallohu a’lam!

6 Oktabr 2023, 00:39 | Savol-javoblar | 0 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar