Imtihonda aldab, undan stipendiya olingan
Assalomu alaykum! Avvalambor, o‘zimni tanishtiray: Men hozirda Farg‘ona Davlat Universiteti 2-kurs talabasiman, bitirish arafsidaman. Matematika sohasida, o‘qituvchilik kasbi uchun o‘qimoqdaman. Bu yil bilib qoldimki, imtihonlarda boshqalarga yordam berish hukmi yolg‘on gapirish hukmidek, yolg‘on esa harom. Men esa avvalgi davrda, 1-, 2-, 3-semestrlarda yordam olgan holda imtihon topshirdim, 4-semestrda esa imtihon vaqtida yordam olmayapman, Alhamdulillah. O‘tgan yili yoz oyidan boshlab bu yil yoz oyigacha bo‘lgan muddatga bo‘lib to‘lab kompyuter olganman. Savolim shundan iboratki, ushbu kompyuter men uchun halol bo‘ladimi, agar halol bo‘lmasa uni nima qilishim mumkinligi (haromdan topilgan PULni ajr talab qilmay berish yuborish kabi bo‘lsa, yaqinlarimga berishim mumkin-mumkin emasligi) haqida javob bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Universitetga qaytarib bering. Vallohu a’lam!
8 Oktabr 2023, 16:47 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Universitetga qaytarib bering. Vallohu a’lam!
8 Oktabr 2023, 16:47 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom