Aroqxo‘r oldini olish

Assalomu alaykum! Tog‘am anchadan beri ichib oilasini tinchini bizni tinchlikni buzadi onam bitta jigarim deb bizga aytadi ammo onam Qur’on xatm qilgan ayol, ona Qur’onda xarom qilingan narsani ichib yurgan odamni oldini olmang deysam meni koyidi. Tog‘amni xaq ko‘rsatadi shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mast qiluvchi ichimlik ichishi harom amal. Buni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Oilangizning tinchligini buzishi ham zulm bo‘lgani e’tiboridan harom amal. Onangiz esa silai rahm e’tiboridan uning bu ishlariga ko‘z yumar ekan. Uni ham to‘g‘ri tushuning. Tog‘angizga ichkilikdan qutulishi uchun yordam beringlar. Shu ishini deb odamlar qatoridan chiqarib, yakkalatib qo‘ymanglar. U ham sizlarning jigaringiz. Hadisi sharifda quyidagicha kelgan: حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا يَعْقُوبُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ مُحَمَّدِ بْنِ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبْدِ الْقَارِيُّ، عَنْ أَبِي حَازِمٍ قَالَأَخْبَرَنِي سَهْلٌ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَعْنِي ابْنَ سَعْدٍ قَالَقَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَوْمَ خَيْبَرَ: «لَأُعْطِيَنَّ الرَّايَةَ غَدًا رَجُلًا يُفْتَحُ عَلَى يَدَيْهِ، يُحِبُّ اللهَ وَرَسُولَهُ، وَيُحِبُّهُ اللهُ وَرَسُولُهُ». فَبَاتَ النَّاسُ لَيْلَتَهُمْ أَيُّهُمْ يُعْطَى، فَغَدَوْا كُلُّهُمْ يَرْجُوهُ، فَقَالَ: «أَيْنَ عَلِيٌّ؟» فَقِيلَيَشْتَكِي عَيْنَيْهِ، فَبَصَقَ فِي عَيْنَيْهِ وَدَعَا لَهُ، فَبَرَأَ كَأَنْ لَمْ يَكُنْ بِهِ وَجَعٌ، فَأَعْطَاهُ، فَقَالَأُقَاتِلُهُمْ حَتَّى يَكُونُوا مِثْلَنَا؟ فَقَالَ: «انْفُذْ عَلَى رِسْلِكَ حَتَّى تَنْزِلَ بِسَاحَتِهِمْ، ثُمَّ ادْعُهُمْ إِلَى الْإِسْلَامِ، وَأَخْبِرْهُمْ بِمَا يَجِبُ عَلَيْهِمْ، فَوَاللهِ لَأَنْ يَهْدِيَ اللهُ بِكَ رَجُلًا خَيْرٌ لَكَ مِنْ أَنْ يَكُونَ لَكَ حُمْرُ النَّعَمِSahl roziyallohu anhu, ya’ni Ibn Sa’d shunday xabar qiladi:
«Xaybar kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ertaga tug‘ni qo‘lida fathga erishiladigan, Alloh va Uning Rasulini yaxshi ko‘radigan, Alloh va Uning Rasuli ham yaxshi ko‘radigan kishiga beraman», dedilar. Odamlar tunlarini «U kimga berilarkin?» deb o‘tkazishdi. Ertasiga har birlari o‘shani umid qilib kelishdi. U zot: «Aliy qani?» dedilar. «Uning ko‘zi og‘riyapti», deyishdi. U zot uning ikki ko‘ziga tuflab qo‘yib, haqqiga duo qildilar. U hech qanday og‘riq bo‘lmaganday tuzalib qoldi. (Tug‘ni) unga berdilar. U: «Bizdek bo‘lmagunlaricha ularga qarshi jang qilamanmi?» dedi. U zot: «Erlariga tushguningcha oralariga ohista bor. Keyin ularni Islomga chaqir va zimmalariga nimalar vojib bo‘lishini xabar qil. Allohga qasamki, sen tufayli Alloh bir kishini hidoyat qilishi sen uchun qizil tuyalaring bo‘lganidan yaxshidir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

8 Oktabr 2023, 16:57 | Savol-javoblar | 0 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar