Tuhmat yo‘li bilan qarz yuklab qo‘yish

Assalomu alaykum! Men o‘tkan yili universitet kutubxonasida kitob olgandim, 1 semestrga foydalanishga (u kitob ko‘p qismlik) 1-qismini topshirmasdan 2-qismini oldim va bir oz muddatdan keyin 1-qismini topshirdim. O‘tkan yili 2-semestr tugab yozda 2-qismini ham topshirdim. Lekin bu yil (yangi o‘quv yili) 3-qismini olish uchun borsam, 1-qism bilan 2-qismni varoqlari(kitobni ichida student olganlik haqida yozib qo‘yiladigan varoqcha) almashib ketib 1-qismni topshirmagansan dedi, bo‘yningga qarz bo‘lib qoladi dedi, lekin men topshirganman. Ular (kutubxona hodimlari) tan olishmayabti. Savolim shuki, tuhmat bilan Bo‘ynimga ilingan qarz uchun ham qiyomatda javob beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz mas’ul xodimga kitobni tegishli tartibda, qonun-qoidalarga muvofiq ravishda (ya’ni kerakli joylarga qo‘l qo‘yib, bus-butun shaklda) topshirgan bo‘lsangiz zimmangizda qarz bo‘lib qolmaydi. Agar qoidalarni buzib kitobni kutubxonaga tashlab ketgan bo‘lsangiz omonatni o‘z egasiga topshirmagan bo‘lib zimmangizda qarz bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

8 Oktabr 2023, 23:17 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar