Ro‘zadorlik qasami va ro‘za taqiqlangan kun
Assalomu alaikum! 1. "To uylangunimcha kun ora ro‘zador bo‘layin" - deb, Allohga qasam ichgan kishi ro‘za man qilingan kunlari qanday yo‘l tutadi? (masalan, qurbon hayitida 3 kun ro‘za tutish mumkin emas ekan) 2. Qasam oralatilgan kunlar uchun bo‘lganidan qasamda nazarda tutilmagan kunlari savob ilinjida qo‘shimcha ro‘za tutsa bo‘ladimi? (masalan, arafa kuni ro‘za tutishning fazilatini eshitib, unga erishmoqchi bo‘lsa...) 3. "Falon kungacha falon kunlari yoki kun ora qazo ro‘zalarini tutib ado qilaman", deya qasd qilgach, kelasida har bir kun uchun niyat qilishni tark qilsa bo‘ladimi? ( bu savolimga javob topa olmadim, balki qanoatlanmadim. aynan eski savolni qaytarmadim deb umid qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ro‘za man qilingan kunlari tutmaydi.2). Bo‘ladi.3). Bo‘lmaydi. Har bir kun uchun niyat qilish shart. Vallohu a’lam!
9 Oktabr 2023, 18:01 | Savol-javoblar | 0 | Ro‘za