Qur’oni karim haqida qiziq ma’lumot
Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqlarning birida quyidagi ma’lumotga duch keldim: Qur’onda zikr qilingan ba’zi kalimalar va ularning adadi: Dunyo – 115 marta, oxirat – 115 marta. Farishtalar – 88 marta, shaytonlar – 88 marta. Muhammad – 4 marta, shariat – 4 marta. Odamlar – 50 marta, payg‘ambarlar – 50 marta. Solihlik, salohiyat – 50 marta, fasod – 50 marta. Iblis – 11 marta, undan panoh so‘rash – 11 marta. Erkak – 24 marta, ayol – 24 marta. Hayot – 145 marta, o‘lim – 145 marta. Solih amallar – 167 marta, yomonliklar – 167 marta. Jahr (ochiq, oshkora) – 16 marta, alaniya (ochiqlik, oshkoralik) – 16 marta. Musibat – 75 marta, shukr – 75 marta. Hidoyat – 79 marta, rahmat – 79 marta.Jazo – 117 marta, mag‘firat – 234 marta.Qiyinchilik – 12 marta, osonlik – 36 marta. Kun kalimasi 365 marta zikr qilingan.«Er» kalimasi 13 marta, «dengiz» kalimasi 32 marta zikr qilingan. Agar bu sonlarni yig‘indisini 100 % deb oladigan bo‘lsak, sayyoramizning 71%, 29% quruqlikdan tashkil topgan. Shu ma’lumotlar to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’on karimning ba’zi bir nusxalarida takror kelgan so‘zlarning adadi belgilab qo‘yilgan. Lekin bundan biror bir natija olish biror hadisga suyanilgan emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:58 | Savol-javoblar | 152 | Qur’oni karim