Qaynotamning talog‘i
Assalomu alaykum! Qaynotam juda ko‘p ichadi, ichganda qaynonamga sen menga haromsan deydi. Bu gapi taloqqa o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! "Kifoya" kitobida quyidagicha kelgan:
«Sen menga haromsan», deganda zihorni yoki uch taloqni, yoxud yolg‘onni niyat qilgan bo‘lsa, niyat qilgani bo‘ladi. Agar harom qilishni niyat qilgan bo‘lsa, iylo bo‘ladi.
Agar o‘sha gapida taloqni niyat qilgan yoki hech narsani niyat qilmagan bo‘lsa ham, shuningdek, «Har bir halol menga haromdir», deganda va «Allohning haloli menga haromdir» va «Musulmonlarning haloli menga haromdir», deganda bir boin taloq tushadi.
Chunki bu lafzlar kinoya bilan aytilgan taloq bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush