Bozorda sotilayotgan tuxum haqida

Assalomu alaykum! Meni savolim bozorda sotiladigan tuxum xaqida edi. Biz Toshkentda turamiz. Uy tuxumini topib eyish qiyin bu erda, doim bozordan olib eymiz. Lekin bir kishi menga bu tuxumlarni emayman, tovuqlar qanday boqilishini bilib bo‘lmaydi. Faqat uyda qafasda turgan tovuqni tuxumini eyish mumkin dedi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bozorda sotilayotganlarni ham eyish mumkin. Fatvo kitoblarida hatto itni suti bilan ozuqlanib katta bo‘lgan qo‘zining go‘shtini eyish halol deyilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:34 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar