Ikki kishi pul tikib tijorat qilishi
Assalomu alaykum! Bir do‘stimiz quyidagicha taklif berdi "yangi qurilish obekti oldim, ishni boshlash uchun 10 000 pul kerak" dedi, so‘ralgan pulni berishga, tikishga roziman. Bu holatda qanday kelishuv qilishim kerak? - so‘ralgan 10 000 pulni berib, 10 000 ni ustiga olingan foydaning 10% ni so‘rash; - so‘ralgan 10 000 pulni berib, 10 000 ni ustiga olingan foydadan 1000 (aniq qiymat)ni so‘rash; Yoki ikkalasi ham to‘g‘rimi? Agar ikkalasi ham noto‘g‘ri bo‘lsa, qanday kelishuv qilish kerak? Yuqoridagi kelishuvda, ish boshlanishi uchun so‘ralgan 10 000 pulni 3 oyda, qolgan foydadan kelishilgan ulushimni 6 oydan keyin yoki foyda ko‘rilganda berasiz deb kelishish ga shariatimiz qanday qaraydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savolning javobi do‘stingiz pulni qanday faoliyatga yo‘naltirmoqchiligiga bog‘liq. Qurilish qilmoqchi bo‘lsa kerakli xom-ashyolarini sotib olib, unga foydangizni qo‘yib nasiyaga soting. Vallohu a’lam!
9 Oktabr 2023, 23:01 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat