Taksi firmasi

Assalomu alaykum! Men Andijon shahridan murojaat qilmoqchiman. Savolim quyidagicha: 1. Kasbim taksistlik. Bizda bir qancha takso firmalar mavjud, bular ichida biznes taksi firmasi haydovchilar soni taxminan 1500ta. Men shu firmada asosan faoliyat olib boraman. Kunlik to‘lovlarimiz mavjud ya’ni 15000 so‘m. Har bir km uchun 1750 so‘mdan. Bu summa uchun 24 soat ishlaymiz. Firmada oddiy avto (matiz, spark, neksiya 1 va2 lar) ya’ni standart oddiy tarif, ularning boshlanish narxi 4000 so‘mdan boshlanadi. Endi komfort tarif avto (aveo, kobalt, lasetti va hokazolar) boshlanish narxi 6000 so‘m. Yozni kunida qo‘shimcha konditsionerli avtolarga 1000 so‘mdan qo‘shiladi. Sababi avtolarni chiqimi borligi uchun rosxod bu barcha firmalarda shunday. Endi asosiy masala: Oxirgi vaqtlarda shu firma bir oz narx masalasida haydovchilarga xiyla qilayotgandek. Sababi 15 kunlar oldin mijozlar dispecherga qo‘ng‘iroq qilsa sizlarga komfort tarifini jo‘natamiz deb taklif qilishdi va shu kungacha rivojlantirdi. Ikki kun oldin bizning ilovaga qo‘shimcha ustamani belgiladi, komfort tarifdagilarga va konditsionerli avtolarga firmani mijozlarga bonus berishlikda rosxodlari ko‘paygani va firmani ijara xaqqi oshishini vaj qilib komfort avtodan har biri uchun 700 so‘m, konditsionerli avtolarga 1000 so‘mdan dostavka ham 1000 so‘mdan firma olib qolinyapti. Bu firma tashkil topgandan buyon bu xolat xech xam bo‘lmagan. Juda ko‘p haydovchilar norozi bo‘lishmoqda. Oldinlari kunlik to‘lovni oshirmoqchi bo‘lsa minimalka yurish summasi va km ni o‘zgartirar edi. Xozir xammasi o‘sha o‘sha lekin qo‘shimcha ustama belgilayapti haydovchilar xisobidan. Bizning xisobdan mijozga bonus va firmani rosxodlari uchun. Firma rahbari xech qanday izox bermayapti. Mijozlarni komfort tarifiga o‘rgatib, bizdan qo‘shimcha asossiz xaq olmoqda. To‘g‘ri aytishingiz mumkin boshqa firmaga o‘ting deb, ammo biz shu firmani yangi tashkil topgandan buyon ishlayapmiz. Shu xolatda firma bizga zulm qilmoqdami? Qilayotgan ishlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haydovchilarning ish haqini pasaytirish 2 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 1). Shartnoma muddati oxiriga etib, yangi muddat uchun shartnoma tuzilayotgan vaqtda ish haqini pasaytirish. Bunday holatda ish beruvchi taraf o‘z maqsadi va qarorlaridan kelib chiqib maosh miqdorini istaganicha oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ishchi bunga rozi bo‘lmasa boshqa ishga o‘tish o‘z ixtiyorida bo‘ladi. Ammo haydovchilarni ishga o‘rgatib qo‘yib, boshqa ish beruvchi topa olmasliklarini bilib, ularning muhtojliklaridan foydalanib maoshni pasaytirib qo‘yish karohiyatdan xoli emas.2). Shartnoma hali o‘z kuchida bo‘lib, muddat oxiriga etmagan mahalda ish haqini pasaytirish. Bunday holatda ish beruvchi shartnomaga amal qilishi va belgilangan maoshni pasaytirmasligi lozim. Aks holda ishchiga zulm qilgan, uning ish haqini to‘liq bermagan bo‘ladi. Hadisi sharifda bunday deyilgan:حَدَّثَنِي بِشْرُ بْنُ مَرْحُومٍ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سُلَيْمٍ، عَنْ إِسْمَاعِيلَ بْنِ أُمَيَّةَ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ أَبِي سَعِيدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ   قَالَ: قَالَ اللهُ: ثَلَاثَةٌ أَنَا خَصْمُهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، رَجُلٌ أَعْطَى بِي ثُمَّ غَدَرَ، وَرَجُلٌ بَاعَ حُرًّا فَأَكَلَ ثَمَنَهُ، وَرَجُلٌ اسْتَأْجَرَ أَجِيرًا فَاسْتَوْفَى مِنْهُ، وَلَمْ يُعْطِ أَجْرَهُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh dedi: «Uch (kishi) borki, Qiyomat kuni Men ularga xusumatchiman: Mening nomim bilan (ahd) berib, keyin xiyonat qilgan kishi; hur odamni sotib, pulini egan kishi; ishchi yollab, undan (ishni) to‘la talab qilib olib, haqini bermagan kishi». (“Oltin silsila” kitobidan. Buxoriy rivoyati). Vallohu a’lam!

10 Oktabr 2023, 00:41 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar