Tahoratning buzilishi
Assalomu alaykum! Inson tahorat olgach, orqa tarafdan el kelishining o‘zi tahoratni buzilishiga olib keladimi yoki orqadan el chiqmagunga qadar tahorat buzilmagan hisoblanadimi? Shariatimizda buning aniq hukmi keltirilgan manbalar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! El kelib, zahartang qilib tursayu lekin chiqmasa tahorat buzilmaydi. Ammo bunday holatda namoz o‘qish makruh. Agar zarracha bo‘lsa ham chiqsa tahorat buziladi.وَعَنْهَا عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا صَلَاةَ بِحَضْرَةِ الطَّعَامِ، وَلَا هُوَ يُدَافِعُهُ الْأَخْبَثَانِYana o‘sha kishidan (Oisha roziyallohu anhodan) rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Taom hozir bo‘lganda namoz yo‘q. Uni ikki (tomondagi) chiqindi qistab turganda ham», dedilar».
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Taom hozir bo‘lganda namozni keyinga surish. Albatta, namozning vaqti chiqib ketguncha taom eb o‘tirilmaydi.
2. «Zahar tang» qilib turgan odam ham namoz o‘qimasin.
3. Qazoi hojati qistab turgan odam ham namozini keyin o‘qisin.
4. Qorni dam bo‘lib, el qistab turgan odam ham namoz o‘qimasin. Bunday hollarda bo‘shanib olib, yangi tahorat qilib, keyin xotirjam namoz o‘qiladi. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
16 Oktabr 2023, 09:08 | Savol-javoblar | 0 | Tahorat