Muddatli to‘lovda ribo

Assalomu alaykum! Men dasturchi bo‘lib ishlayman. Hozirda bir dastur ustida ishlayapmiz. Dasturimiz do‘kondagi tovarlarni muddatli to‘lovga sotishni elektronlashtiradi. Biror tovar naqtga 5 mln so‘mga sotilsa, 12 oyga shu tovar 6 mln so‘m qilib bo‘lib to‘lashga beriladi. Savolim shundan iboratki, mijoz 12 oy dan oldinroq ya’ni 10 oy yoki 8 oyda to‘liq to‘lamoqchi bo‘lsa biz unga muddatidan oldin to‘lagani uchun ma’lum miqdora chegirma beramiz. Misol uchun 1 oy oldin to‘lasa 100 ming so‘m 2 oy oldin to‘lasa 200 ming so‘m. Shu manashu chegirma ribo bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahsulotning tannarxiga qancha ustama qo‘yib sotganini aytgan bo‘lsa muddatidan avval to‘lov qilgani uchun chegirma qilib berishi joiz. Ammo buni shartnomaga kiritib qo‘yish durust emas. Tannarxini aytmay sotgan bo‘lsa muddatidan avval to‘lov qilgani uchun chegirma qilib berish joiz emas. Vallohu a’lam!

28 Oktabr 2023, 10:28 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar