Axdlashmoq yoki o‘rtada turmoq

Assalomu alaykum! 3 oylar oldin karindoshimni bir inson avto ulovda orqasidan urvoldi, qarindoshim yoshi katta bo‘lgani uchun meni chaqirishdi, men kelib urvogan bola bilan gaplashdim, aybini tan olib straxovka pulini to‘laberadi deb aytdi, lekin ko‘rsatilgan zarar ancha katta edi men ularga aytimki, qurilgan zararni siz ta’mirlashga ketadigan pulini 70% berin biz rozimiz dedim, straxovka xali pul tushiradimi yukmi, bilmaymiz dedim, tushirsa sizga beriladi deb aytdim, ular menga nakt berishdi 70% ta’mirlashga ketadigan pulni. Mana 3 oydan kegin straxovka puli kartaga tushirib berildi, lekin karindoshim 3mln olib qolaman rasxod qilganman ana 5 mln beraman deb aytyapdi, men axdlashganmiz yaxshi emas desam kunmiyapti, meni savolim: 1. Men o‘rtada turgan inson bo‘lamanmi yoki bo‘lmaymanmi? 2. Agar to‘liq kartaga tushgan puldan 3 mln olib qolsa qarindoshimga gunoxmi mengami? 3. Agar bermasalar, men yonimdan berishim kerakmasmi? Iltimos meni shu savol judaxam kiynayapti, urtaga tushib men kafilman degan joyim yo‘q, lekin muzokaralarni, pulni, men olganman 1 sumiga tegmay olib oborib berganman, meni vijdonim qiynalib ketyapti, iltimos shu savolni telegram kanalda qo‘yinglar boshqa insonlarga xam ibrat bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aybdor etkazilgan zararni to‘liq qoplab berishi kerak. Sizlar aybdor bilan zararning 70% summasiga sulh tuzgan ekansiz. Bu ishingiz jabrlanuvchining roziligi bilan bo‘lgan bo‘lsa endi u qolgan 30% ni talab qila olmaydi. Sug‘urta puli esa aybdorga berilishi kerak. U shu vaqtgacha to‘lab yurgan sug‘urta badaliga teng miqdorini olib qolib, qolganini sadaqa qilib yuboradi. Yozishingizga ko‘ra, siz kafil bo‘lmagan ekansiz. Faqatgina jabrlanuvchining nomidan elchi bo‘lgan ekansiz. Shunday ekan, o‘sha pulni yoningizdan to‘lab berishga majbur emassiz. Vallohu a’lam!

28 Oktabr 2023, 11:28 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar