Ovoz yozib olish
Assalomu alaykum! Men telefon orqali sotuv qiladigan kompaniyada ishlayman. Shu sotuvda bo‘ladigan suhbat kompyuterlarda avtomatik tarzda yoziladi mp3 shaklda (biron programma orqali bo‘lsa kerak). Buni rahbarlar o‘rnatishgan. Shu ishda ishlagan odam bu ishga sherik bo‘lib qoladimi? Bilishimcha, yozuvlar yaxshilik maqsadida ishlatiladi. Ya’ni sotuvchilar o‘z gaplaridagi xatolarini bilish uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oldindan ogohlantirilgan bo‘lsa, joiz. Qanday maqsad bo‘lishidan qat’iy nazar suhbatdoshning roziligini olib yozilishi shart. Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 07:46 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom