Qabr azobi kafforat bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qabrdagi azob gunohlarga kafforat bo‘la oladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo odamlarga zulm qilmaydigan odil hakam ekanligiga shak-shubha yo‘q. Allohning ana shu adolati bandalarni haqqini kechmasligini taqozo qiladi. Shuning uchun ham bandalarni haqqini egalari kechmaguncha, Alloh taolo ham kechmaydi. Shu bilan birga Allohga hech narsani shirk keltirmay vafot qilgan kishi oldin azoblansa ham keyin jannatga va – Alloh asrasin – shirk ahlidan bo‘lganlar vafot etganidan keyin do‘zahga kirishiga iymon keltirish kerak.عَنْ جَابِرٍرَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: أَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، مَا الْمُوجِبَتَانِ؟ فَقَالَ: «مَنْ مَاتَ لَا يُشْرِكُ بِاللهِ شَيْئًا دَخَلَ الْجَنَّةَ، وَمَنْ مَاتَ يُشْرِكُ بِاللهِ شَيْئًا دَخَلَ النَّارَ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib, «Ey Allohning Rasuli, ikki vojib qiluvchi nima?» dedi. U zot: «Kim Allohga hech narsani sherik qilmagan holda o‘lsa, jannatga kiradi. Kim Allohga biror narsani sherik qilgan holda o‘lsa, do‘zaxga kiradi», dedilar».
“Sahih Muslim” kitobidan.
Biror muayyan shaxsning azobga uchrashi yoki azobi engillatishi haqida aniq gap aytib bo‘lmaydi. Chunki bu Alloh taoloning xohishi, adolati va fazliga, shuningdek boshqa biz bilmagan narsalarga bog‘liq. Umumiy qili aytadigan bo‘linsa, ahli ilmlar bir qancha ishlar gunohlarga kafforot bo‘lishini aytishgan. Shular jumlasidan qabr azobini ham zikr qilishgan.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا يُصِيبُ الْمُسْلِمَ مِنْ نَصَبٍ وَلاَ وَصَبٍ وَلاَ هَمٍّ وَلاَ حُزْنٍ وَلاَ أَذًى وَلاَ غَمٍّ حَتَّى الشَّوْكَةِ يُشَاكُهَا إِلاَّ كَفَّرَ اللهُ بِهَا مِنْ خَطَايَاهُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonga qay bir musibat: horg‘inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi, ozormi, g‘am-g‘ussami, hattoki tikon kirishmi etadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qilur», dedilar».
Ikki Shayx rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 182 | Aqiyda