Zakotni oldindan bo‘lib berish
Assalomu alaykum! 1. Men shu yilgi zakotimni berib bo‘ldim. Kelgusi yil uchun zakotimni singlimga ro‘zg‘orida qiyinchilik bo‘lib qolmasligi uchun xozirdan keyingi ramozongacha bo‘lib, bo‘lib berib borishim mumkinmi? 2. Qishlog‘imizda masjid qurilayapti, lekin singlimni xam oilasi juda to‘q emas. Men exsonimni birinchi qaerga berganim maqul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Zakotni vojib bo‘lib muddati kelishidan avval ham berib borish joiz. Nisob mavjud bo‘lsa bas. Agar singil zakot olishga haqlilar toifasidan bo‘lsa unga bersa bo‘ladi.2). Zakot masjidga berilmaydi. U faqir-miskinlarning haqqi. Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 07:36 | Savol-javoblar | 0 | Zakot