Zomin bo‘lmagan narsaning foydasi

Assalomu alaykum! Men yaqinda shu gapni shayximiz kitobidan oqib qoldim. Mening tg da kanalim bor unda Xitoyning tovarlarini narxlari bilan rasmini joylaymn. Kimga yoqsa puli va o‘zi. Men Xitoydan shu narsani zakaz qilamn. Va u narsa mijozim qoliga kelguncha nazoratimda boladi. Kelgandan keyin U odamga jonatamn yo‘lkira haqini o‘zi to‘laydi. Men Xitoy tovarlarini narxiga qo‘shimcha o‘zimga ham foyda qo‘yamn ko‘p emas lekin men eng mashxur do‘konlardan sotib olamn narsalarni. Taobao, 1688 va pinduoduo internet magazinlaridan Shu narsa mijozimga men foyda qo‘shgan taqdirimda ham arzonga keladi. Shu yo‘l bilan topadigan pulim menga harom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning masalangizda mahsulotning narxi borasida mijozni aldash bor. O‘zingizniki bo‘lmagan narsaning narxiga o‘z foydangizni qo‘yib “mahsulotning narxi shunaqa, yo‘lkirasi esa falon so‘m” deyish ayni yolg‘ondir. Modomiki siz mol egasining sotuv vakili emas ekansiz, mahsulot ustiga yashirincha pul qo‘yib sotishingiz joiz emas. Mol narxiga ustama qo‘yib sotishingiz uchun yo mol egasi yo mol egasining sotuv vakili bo‘lishingiz lozim. Siz esa bu holatda mol egasi ham yoki uning vakili ham emassiz. Shuning uchun faqat buyurtma qilib berganingiz uchun haq olishingiz mumkin va buni mijozga ochiq oydin aytishingiz shart. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 10:26 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar