Ota-ona zinosi
Assalamu aleykum xurmatli Zikir Ahli.Sizdan bir mavzu yuzasidan javobingizga Judayam muhtojman. Yoshim 23da oilada 4nafar qiz farzandmiz. ota onamiz yoshligimizda ajrashib ketishgan men u davrda 1yosh edim.Otam bilan ajrashgach onam 1oydan sung oilali mansabdor shahs bilan be nikoh munosabatlar qurib yashab boshladilar va negadur ularni munosabati uzoqqa chuzilmadi.Bu voqeadan sung ham boshqalar bilan pinhona munosabatlari bulgan ekan.Ajrim tasdiqlangandan 2yil utib onam uzidan 10yosh kichik bola bilan yashay boshladi u ham be nikoh.6 yil amallab hayot kechirdik kunda urushlar janjallar va 4chi qiz yani singlimni shu insondan dunyoga keltirdilar va u inson bilan yana shu tarzda yashay boshladilar hohlasa ishlar xohlamasa ishlamas edi u kishi. qizbola boshi bilan ikki opam rossiyaga mehnat qilishga ketdi.Bizga nisbatan u insonni nojuya qarashlari hatti harakatlarini sezib onamizga shikoyat qilsak onamiz bizga ishonmay bizni koyib urishar edilar. shu tarzda singlim 5yoshga kirgach u inson bizni tashlab ketib boshqa ayol bilan oila qurdi onam bunga achchiq qilib shahar markazidagi uyimizni sotib uzoq ovloq joylarga kuchirib ketib yana be nikoh boshqa Erkak bilan munosabat qurdilar unisi ham uxshamadi va hozir 7oydan buyon boshqa inson bilan yashayabdilar Xar kuni uyda ichkilik. Bunga opalarim chiday olmay katta opam uyga kelmaydigan boldi qaynonasi tomonidan taqiq urnatildi kichik opamni esa bu gaplarni eshitgan quda tomonlari fotihani buzishdi va ular men bunday sharmandalikka boshqa chidolmayman deb talaba qizlar yashaydigan ijara uyga chiqib ketdilar onam seni oq qildim sendan kechsam kechaman ammo bu insondan kechmayman deb chiqarib yubordilar.Va hozirda men onam singlim va osha kishi bilan bir xonalik xonadonda yashayabman.Men talabaman bir vaqtda ikkita uqishda oqiyabman va ishlayabman uy ruzgor ishlari singlim bilan shugullanish ham mening zimmamda.Ammo negadir shunchalik intilib harakat qilsamda onam norozi bulaveradilar jonimga tegding boshqa ayollar kabi uynab kulib yasholmayman sizlarni deb deydilar.Menga javobingiz judayam muhim bu vaziyatda nima qilishim kerak gap suzlardan judayam qaddim bukilyabdi uydagi kun ora norozilik urush janjallardan ruhiy sinishlardan uzimga ziyon yetkazb quyib gunohkor bulishdan juda qurqayabman hayotimda kurmagan voqealarim kunlarim qolmadi judayam charchadim Allohdan kechalari yeglab duo qilib bundan keyingi hayotimni gözal qilishimni insof berishini tilab yashayabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh mushkulingizni oson qilsin. Qattiq gapirmasdan o‘zingizni imonli va diyonatli hayotingizga harakat qilavering. Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 10:36 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh mushkulingizni oson qilsin. Qattiq gapirmasdan o‘zingizni imonli va diyonatli hayotingizga harakat qilavering. Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 10:36 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush