Qo‘shnining etkazgan zararlari

Assalomu alaykum! Mening qo‘shnim har kuni uzluksiz temir kesuvchi arra ( bolgarka ) ishlatadi. Uning tovushidan bizga tinchlik yo‘q. Ovozidan uyda otirib bolmayapti. Ustaxonasi shundoqqina uyimizning orqasida bo‘lganidan, biznikiga ham ovozi o‘tadi. Islomda qoshniga ovozi bilan ham ozor berib bolmas ekan. Qoshnimning ustahonasi,uning qoshimcha uyi hisoblanadi. Sal narida uning yashash uyi joylashgan. Bir necha marotaba bu ishini yashash uyiga kochirishini iltimos qildik. U ko‘nmadi. Qaytanga "qo‘lingdan hech narsa kelmaydi "deb dag‘dag‘a qildi. Dinimiz bunday masalaga qanday javob qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ozorni daf qilishga ruxsat beradi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar