Musofirlikdagi taomlanish xaqida
Assalamu alaykum! Ustozlar, birinchi marta Rossiyaga ishlagani keldim. Bir fabrikada qarindoshlarim bilan ishlayapman, kelganimdan beri go‘sht tanavvul qilganim yo‘q. Chunki bu erdagi go‘sht maxsulotlar suppermarketda sotilar ekan. Ular “Bismillah”ni aytib so‘yilgan so‘yilmagani manga nomalum. Qarindoshlarim tovuq va o‘sha go‘shtlardan bemalol eyishyapti, man ovqatimni aloxida qilganman, lekin go‘sht masalasida nima qilsam bo‘ladi? Man kun bo‘yi ishlayman va bu erda 2 yilgacha qolishim mumkin. Harom luqma tanavvul qilishdan juda qo‘rqaman, ibodatlarim qabuli, doularim ijobati shu luqmamga bog‘liqku axir! Mani qarindoshlarim malomat qilaverib to‘ydirishdi, lekin ularni gaplariga parvo qilmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Supermarketlardagi yahudiylar tomonidan so‘yiladigan “Koshernыy” go‘shtlaridan iste’mol qilishingiz mumkin. Chunki ular Allohning ismini aytib so‘yishadi. Ishlab turgan shahringizdagi masjidlar yonida “Halyal” degan do‘konlar bo‘ladi. O‘shalardan olishingiz ham mumkin. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 14:28 | Savol-javoblar | 176 | Halol va harom