Lida taqdiri
Assalomu alaykum! Oilamda ota onam va bir turmushdan qaytgan opam(farzandsizlik sabab), men ayolim va olti oylik o‘g‘lim yashayotgan edik, ayolimni bo‘qoq kasaligi sabab jizzakilik odati bor edi, kunlar oylarga ulanib 2 yillik turmushimizga so‘nggi 2 oyda bars ketdi, sabab ayolimni ammasi oilamda ayolimni boshliq qilish niyatini singdirdi, orada sababsiz janjallar, isboti yo‘q tuxmatlar ayolim tomonidan ota onamga, menga xamda qarindoshlarimga nisbatan qilindi, ayolim ammasining gapini olib olti oylik go‘dakni 15 kunga tashlab uyiga ketib qoldi, farzandim uchun g‘ururdan kechib bordim, qaynota qaynonamdan eshitmagan tuxmatim qolmadi, Allox uchun qasam ichib xaqligimni isbotlab ayolimni uyga qaytardim. Bu safar xam ammasi kelib yana ayolimni bizga qarshi qayrab, urush niyatini solib ketdi, ayolimni yomonlikdan qaytarish niyatida unga nasixat qildim, yotog‘imni o‘zgartirdim, astagini urib chegarani eslatdim, lekin yana uyiga ketib oramizga jaxlim ustida bir taloq tushdi, oilamni saklash, bolamni tirik etim qilmaslik uchun uni qayta nikoximga oldim, qaytgan kuni menga uni jin urganini aytdi, men etibor bermadim, oxirgi janjalda ota onam va meni tuxmat va xaqoratlar ostida qoldirib uyiga ketdi, 6 oylik o‘g‘limni etim qilishga ko‘zim qiymayabdi, ota onam shanini er qilgani, eriga nisbatan itoatsizligi sabab ayolimni kechirolmayman. Boshim qotgan bu ishlar jin chalgan ayolni ishimi yo ikki ayolni tinch oilani buzishdan ko‘zlagan moliyaviy makri? Ikkinchi marta taloq qilsam Allox yomon ko‘rgan banda bo‘lishdan qo‘rqaman (Birinchisidan etarlicha dars oldim), ayolimga taloq bermasam, taloqni qurol sifatida ishlatgan bo‘lib qolmaymani?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yozganlaringizga ko‘ra ayolingiz g‘irt tuhmatchi va fitnachi bo‘lib chiqmoqda. O‘zingizning ayblaringiz haqida esa hech narsa demabsiz. Odatda ikki tarafda ham ayb bor bo‘lsa o‘sha ayblarini tuzatishlariga va oilani saqlab qolishga chaqiriladi. Bir taraf aybsiz bo‘lib, narigi taraf unga tinimsiz zulm qilayotgan bo‘lsa avvalo o‘sha zulmga sabr qilib, unga nasihat ila yashashda davom etish, oilani buzmaslik tavsiyasi beriladi. Agar bunga sabri etmaydigan inson bo‘lsa ajralish o‘z ixtiyorida ekani aytiladi. Vaziyatingizga o‘zingiz baho bering. Vallohu a’lam!
24 Noyabr 2023, 18:41 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush