Do‘stimning munosabati
Assalomu alaykum! Mening bir do‘stim bor. Nihoyatda taqvoli odamlar xavas qiladigan yaxshi inson. Besh vaqt namozni vaqtida o‘qiydi va hozir ramazon oyi ro‘zasini ham hamma qatori ado etib kelmoqda. Lekin nimagadir nomaxram ayollar va qizlarga muomalasi anchagina sovuq, ya’ni salom alik bilangina kifoyalanadi. Ba’zan birga o‘qiydigan kursdoshlari (qizlar) do‘stimning muomalasidan qolishadi. O‘zidan so‘rasam bu yaxshimas deb kifoyalanadi xolos. Bu do‘stimning munosabati to‘g‘rimi? Yoki qandaydir maslahat berish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Do‘stingizni tabiati shariatga muvofiq ekan. Hozirgi kunda Allohni do‘sti, valiysi bo‘lish uchun birgina muhim vazifa bor. U ham bo‘lsa gunohni o‘rganib uni tark qilish. Kim shuni qila olsa, mukammal mo‘min hisoblanadi. Valiylik darajasi ikki qism musbat va manfiyga bo‘linadi. Xuddi tokning plyus va minusidek. Agar minus topilmasa plyus darajasi qancha yuqori bo‘lmasin chiroq yonmaydi. Ibodatlarda ham xuddi shunday, ya’ni gunohni tark qilish va yaxshilik qilish. Gunohni tark qilish bo‘lmasa har qancha yaxshilik qilgani bilan qalbda nur paydo bo‘lmaydi. To‘liq gunohni tark qilish topilib, keyin yaxshilik qilinsa, har bir yaxshilikni o‘ziga yarasha qalbdagi nuri ziyodalashib boradi. Mashoyixlar gunohni ham, yaxshilikni ham qilishni teshik chelakka quyilgan suvga o‘xshatadilar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 18:23 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar