Iltimos hadislarni sharhlab bersangiz

Assalomu alaykum muhtaram ustoz!Savol bilan murojaat kilishga ijozat bergaysiz:1. Zoxidjon Islomovning «Musulmonning odob kitobi» nomli kitobchasida Anas :ra dan rivoyat qilingan hadisda shunday deyilgan:«Kim taxorat olgandan keyin "Inna anzalnaxu fi laylatil kodr..." surasini bir marta o‘qisa, siddiqlardan bo‘ladi. Ikki marta o‘qigan shahidlar devonidadir. Uch marta o‘qisa, Alloh u kimsani payg‘ambarlarni xashr qilgandek xashr etadi.» Ustoz sizga savolim shuki, tarikatdagi birodarlarim har tahoratdan keyin o‘qiladigan shukri vuzu’ namozining birinchi rakatiga «Fotixa»dan keyin zam suraga «Qadr» surasini 2 marta, ikkinchi rakatiga 1 marta jami 2 rakatda 3 marta yuqoridagi surani doimiy o‘qishadi. Yukorida keltirilgan hadisdan shu hukm kelib chiqadimi? Nakshbandiya tarikatining mashoyixlari shu hadisni dalil qilib shukri vuzu’da «Qadr» surasini o‘qishni shu tartibda tavsiya qilishganmi? Bu masalaga oydinlik kiritib bersangiz. 2. Yana shu kitobda quyidagi hadis keltirilgan: Abdulloh ibn Bashirdan :ra dan rivoyat qilinadi: Tirnoqlaringizni oling va ularni ko‘ming. Barmoqlaringiz orasini tozalang. Og‘zingizni ovqat qoldiqlaridan tozalang va misvok tuting. Mening yonimga tishi sarg‘aygan va og‘zi hidli holda kelmang. Yuqoridagi hadisdagi «tirnoklaringizni oling va ularni ko‘ming» degan so‘zdan tirnoqlarni olgach ularni ko‘mish kerak degan hukm kelib chiqadimi? Har tirnoq olgandan so‘ng tirnoqlarni to‘plab ko‘mish kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. «Qadr» surasini toharatdan keyin o‘qishning fazli haqidagi hadis deb aytilgan narsani topish imkoni bo‘lmadi. Hadisni keltirgan odam uni kim rivoyat qilganini yoki qaysi kitobda borligini aytish lozim. Umuman bu ma’noda sahih hadis yo‘q.2. Olingan tirnoq va sochlarni ko‘mib yuborish tavsiya qilinadi. Biror ovloqroq joyga tashlansa ham bo‘ladi. Lekin tahoratxona yoki g‘usl qilinadigan joyga tashlab bo‘lmaydi.

3 May 2022, 00:53 | Savol-javoblar | 143 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar