Haridor pul to‘lab ketib qolsa?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar men magazinda savdo qilaman (rossiyada), juda ko‘p hollarda haridorlar olgan narsalarini pulini to‘lab olgan narsasi esdan chiqib ketib qolmoqda. Ularni izlab topa olmayapman shunday hollarda qanday yo‘l tutishim lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aynimaydigan, chirimaydigan narsa bo‘lsa qaytib kelishini kuting. Aynidigan narsa bo‘lsa egalarining nomidan muhtojlarga sadaqa qilib yuboravering. U narsa Allohning huzurida omonat bo‘ladi, javobgarligi zimmangizda qolmaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 125 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar