Mahr va taloq
Assalomu alaykum! Men 2021 yilda turmushga chiqqanman. Nikox o‘qilishi vaqtida domla erimdan maxrni berganligi xaqida suradilar, shunda erim maxrni to‘liq bermaganligini, 2022 yilda to‘liq qilib berishligini aytdilar. Domla mendan bunga rozilik so‘radilar men rozi bo‘ldim va biz nikoxlandik. To‘yimizdan 5 oy o‘tgach o‘sha to‘liq bo‘lmagan maxrni xam erim mendan bexabar ishlatb yuborganlini bildim. Xozirda 2023 yil xali xam erim maxrimni berganlari yo‘q. Erim xozirda Rossiyada, oxirgi 8 oydan beri xabar xam olmaydilar taminlamaydilar xam taloq so‘rasam talog‘imni xam bermaydilar. Shariatga muvofiq maxrimni vada qilgan paytida bermaganligi uchun men o‘zim erimni taloq qilsam bo‘ladimi? Bu vaziyatda men nikoxli ayol xisoblanamanmi yani boshqa kishiga nikoxlana olmaymanmi? Yokida erimdan taloq olishim shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz hali ham eringizning nikohidasiz. Mahr berilmaganligi ayolga taloq qo‘yish huquqini bermaydi. Vallohu a’lam!
29 Noyabr 2023, 10:30 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush