Ona sutidagi bakteriyalardan foydalanish

Assalomu alaykum! Opam mikrobiolog va ona suti bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. Shu sababli ba’zi narsalarni so‘rab berishmni iltimos qildi. "Ona suti tarkibidan foydali bakteriyalarni ajratib oldim. Ularni inson salomatligi uchun turli ozuqa mahsulotlariga sut, shirinlik sharbat ichiga qo‘shgan holda foydalanmoqchiman (onadan ajratib olingan suti onaning roziligi bilan undagi bakteriyalarni va ularning foydali xususiyatlarini o‘rganish uchun so‘rab olingan)". Bu ish joizmi? Bakteriyalardan shu tarzda foydalanish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ona suti zarurat o‘laroq faqat 2 yoshgacha bo‘lgan bola uchun halol. Uni boshqalarga berish maqsadida tadqiqot o‘tkazish mumkin emas. Kattalar uchun shifoni boshqa narsalardan izlanglar. Vallohu a’lam!

29 Noyabr 2023, 10:40 | Savol-javoblar | 0 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar