Jamoat namozida tasbeh aytishga ulgurmasa
Assalomu alaykum! Men otam bilan namozlarni jamoat qilib o‘qiymiz yani ikki kishilik jamoat va namozdan so‘ng tasbeh aytamiz 1 savol lekin men tasbehni to‘liq aytishga ulgurmayapman nima qilsam bo‘ladi? 2 savol Quronda jamoat namoziga qancha savob berilishligi aytilganmi agar aytilgan bo‘lsa qancha savob beriladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Imom keyingi zikrga o‘tganda siz ham o‘tishingiz shart emas. Tugatib keyin o‘tavering.2). Hadisi sharifda bunday deyilgan:
عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: صَلَاةُ الْجَمَاعَةِ تَفْضُلُ صَلَاةَ الْفَذِّ بِسَبْعٍ وَعِشْرِينَ دَرَجَةً. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَIbn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Jamoat namozi yolg‘izning namozidan yigirma etti daraja afzaldir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Sharh: Demak, jamoat namozining fazli gohida yigirma besh, gohida yigirma etti daraja ustun bo‘lar ekan. Bunday farq masjidning uzoqligi, namozxonning ixlosi yoki imomning taqvosiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, jamoat bilan namoz o‘qishnig fazli beqiyos kattadir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
7 Dekabr 2023, 11:21 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar