Tirnoq ostiga suv etkazish

Assalomu alaykum! 1. Tirnog‘im terisiga o‘sib qonab tahoratim buzilyapti. Teridan o‘tkazib o‘stirsam tagiga suv etmasligi mumkin. Davolatay desam tagi bilan olib tashlarkan. Sahifadagi javoblarda yaxshilab yuvilsa bo‘ldi biror moslama bilan orasini ochib suv etkazish shart emas deyilgan ekan. Besh mahal tahorat qilish ozroq o‘g‘irlik qilyapdi. Davolatay desam xunik bo‘lib qoladi. Nima qilsam bo‘ladi? 2. Mollarga qaraymiz suv berguncha ustimga sachraydi bir ikki tomchi shunda kiyimimni almashtirib o‘zim g‘usl qilib olaman bir hil vaqti. Bu holat kunda ikki uch marta bo‘ladi shunda ikki uch marta kiyim almashtirib g‘usl qilishimga to‘g‘ri keladimi? Suv tekkan joyni o‘zini yuvay desam aynan qaerga tekkanini bilmayman alohida kiyim qilay desam baribir terimga suv o‘tadi yoki terlaganda najosat bo‘ladi. Molni najosatiga kiyimni to‘rtdan biriga ruxsat ekan bu degani yuvmasam ham bo‘ladi deganimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tagiga suv etkazishga harakat qiling.2). Yuvmasa ham bo‘ladi, degani emas. O‘sha kiyim bilan namoz o‘qib qo‘ygan bo‘lsa namozi durust degani. Bu ish uchun badanga najosatni o‘tkazmaydigan darajada qalin kiyim qilib qo‘ying. Vallohu a’lam!

7 Dekabr 2023, 14:21 | Savol-javoblar | 0 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar