Majburiy nikoh bog‘lanadimi
Assalomu alaykum! Nikoh o‘qilyotkanda yigit yoki qiz qalbdan rozi bo‘lmagan holda majburligidan "qabul qildim" yoki "bag‘ishladim" desa ham nikohlangan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Majburligidan aytsa ham nikoh bog‘lanadi. Nikohning boshqa shartlari topilgan bo‘lsa bas.Nikoh shartlari va nikoh bog‘lanadigan lafzlar Nikoh ya’ni er-xotinlik bog‘lanadi iyjob va qabul bilan, ya’ni aqdini bog‘lovchi ikki kishining avvalgisi juftlantiruvni yo juftlanuvchini talab etmog‘i va ikkinchisining qabul qilmog‘i bilan agarda bu iyjob bilan qabul har ikkisini o‘tgan zamonga dalolat qilsa. Masalan: Xotin “Men senga o‘zimni bag‘ishladim” deganda, er “men xotinlikka qabul qildim” desa, yoki birisi amr, ikkinchisi o‘tgan zamon lafzi bo‘lsa ham. Masalan: birov qizning otasiga “Qizingni menga ber” desa va qizning otasi “qizimni senga berdim” desa nikoh bog‘lanur, garchi er xotin bo‘luvchilar ushbu aytgan so‘zlarini ma’nosini bilmasalar ham.
Nikoh “nikoh”, “tazvij”, “hiba”, “tamlik”, “sadaqa” lafzlari bilan bog‘lanadi. Imom Shofiiy rahmatullohi alayh esa: “Nikoh faqat nikoh va tazvij lafzlari bilan bog‘lanadi”, deydilar. Nikoh yana “bay’” – oldi-sotti lafzi bilan ham bog‘lanadi. Lekin nikoh “ijara”, “iboxa”, “i’ora”, “vasiyat” lafzlari bilan bog‘lanmaydi. Chunki ushbu lafzlarni yuqoridagilari bilan nikoh bog‘lanmasligining sababi, bu lafzlarda ayolning jinsiy a’zosiga egalik to‘liq sobit bo‘lmaydi. “Vasiyat”da esa mulkga egalik faqat vasiyat qiluvchining vafotidan keyin sobit bo‘ladi.
Nikoh faqat ikkita guvoh hozirligida durust bo‘ladi. Ikki guvoh ikkisi ham erkak yo birisi erkak va ikki ayol bo‘lishi shart bo‘ladi. Guvohlar - hur, oqil, bolig‘, musulmon bo‘lmog‘i lozim bo‘ladi. Lekin guvohlarga odil bo‘lishi shart qilinmaydi.
Guvohlikda uning shartligiga hech bir shak-shubha yo‘q. Chunki bunga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlari dalil bo‘ladi.لا نكاح الا بشهود“Guvohlarsiz nikoh, nikoh emas”.
Imom Molik rahmatullohi alayh esa nikohda guvohlik shart emas, balki nikoh bog‘langanligini e’lon qilib qo‘yish kerak, deyiladi. Nikoh ikki fosiq guvoh huzurida, garchi ular tuhmatchiligi uchun jazolangan bo‘lsalarda durustdir. Ammo fosiq guvohlarning so‘zi da’vo vaqtida tinglanmas va yana er bilan xotin ikkisining ikki o‘g‘li yo birining ikki o‘g‘lining oldida ham nikoh durust bo‘ladi. Lekin bularning guvohligi yaqinligi uchun qabul qilinmaydi. Vallohu a’lam!
7 Dekabr 2023, 15:21 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush