Iftorni kechiktirish

Bu yil ramazon oyida kuyosh botsa xam kun ancha yorug bulib turganini kuzatyapmiz. Toshkentdagi bir masjidning mas’ullari: "Iftor vaktida kuyosh tamoman botmaganini kurdik, shariat buyicha iftor vakti kuyoshning botishi emas balki butulay kuyosh nurlari xam botishi kerak, shuning uchun takvimdagi iftor vaktidan 10 dakika keyin ogiz ochinglar",- deb tavsiya kilmokda.Shu tugrimi? Sizning internet saxifangizda kursatilgan iftorlik vakti xam ba’zan takvimdagidan 1-2 dakika fark kilib turadi, lekin 10 dakika emas.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Men bu yil Ramazondan oldin diniy idora rahbariyatiga iltimos qilib, taqvimni alohida qayta tekshirishni iltimos qildim. Olti kishilik hay’at tuzilib, hamma erlarga odam yuborib tekishirib chiqildi. Bu yilgi taqvimdagi quyosh botishi vaqtlari juda to‘g‘ri ekani tasdiqlandi. Ortiqcha gapga o‘rin yo‘q.

29 Aprel 2022, 22:39 | Savol-javoblar | 164 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar