Namozda nafasim qiynaladi

Assalomu alaykum! Mening nafas olish tizimim shikastlangan, namoz o‘qiyotgan vaqtimda miyamga havo yahshi bormasligi sabab ba’zida kulib yuboraman yoki uf tortib ho‘rsinaman va shundan so‘ng namozni qaytadan boshlayman. Bu holat ba’zan bir namoz vaqtidagi namozimni 7-8 marta qayta o‘qishligimga ham sabab bo‘ldi masalan asr namoziga 7martagacha quloq qoqqan vaqtim bo‘lgan boshqalarida ham shunday. Bunga qaramasdan o‘qishda davom etaversam bo‘ladimi? Ba’zida bu holatdan charchaganimdan faqatgina farzning o‘zi bilan ya’ni 3oyat o‘qib ruku qilgan vaqtlarim ham bo‘ldi, bunda ham o‘sha holat takrorlandi. Nima qilay nima bo‘lsaham namozni buzmay davom ettiraversam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning holatingiz ixtiyoringizdan tashqari bo‘lganligi uchun namozingizga zarar etkazmaydi, in sha Alloh. Holat va toqatingizdan kelib chiqib namozlaringizni ado qilavering. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 192 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar