To‘qima hazil reklama

Assalomu alaykum! Korxonamiz faoliyatini kengaytirish maqsadida video reklama bermoqchimiz. Hozirgi zamonda hikoyalar foydalanuvchilar e’tiborini tortganligi sababli kulguli va to‘qima hikoya orqali xizmatlarimizni video reklama qilmoqchimiz. Fikrimizcha bu juda samarali vosita. Ammo bunday reklamalar to‘qima bo‘lganligi sababli Shar’iy jihatdan to‘g‘rimi. Chunki haziling ham chin bo‘lsin deb eshitganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Voqea va uning ishtirokchilari to‘qima ekanini aytib o‘tsangiz zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 10:20 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar