Tug‘ruqxonada pul berish
Assalomu alaykum! Tug‘ruqxonada ochiqchasiga farzandim tug‘ilganda pul so‘rashgan, berganimga qoniqmay yana sanitarkaga, xamshiraga, anasteziolog va uning hamshirasi xullas xokazolarni aytib yana ko‘proq so‘rashga, ayolim yana yotishini o‘ylab ozgina xadiksirab berganman. 1 - savol: Berganim uchun shifokorlar bilan bir xil gunohkor bo‘lamanmi, bir tomondan xadiksirashim noto‘g‘ri hammasi Allohni qo‘lida, ikkinchi tomondan zulm bo‘lmasligining sababini qilishim kerak. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra hozirda ikkinch xomilani olishga to‘g‘ri keldi, olib bo‘lgandan keyin yana ayolimdan men pul olib kelishimni so‘rashibdi, shifokor va 3-4 ta sanitarkaga. 2 - savol: Xadiksirasam (chunki xali ayolim yana shu erga kelishi kerak bo‘lishi mumkin) va pul bersam gunohkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tug‘ruqxona xodimlari o‘z zimmalaridagi vazifalar uchun xalqdan pul talab qilishlari joiz emas. Kelishuvga binoan ular xizmat haqini shifoxonadan olishlari kerak. Agar pul bermasalar kelgan bemorlarni muolaja qilishdan bosh tortsalar gunohkor bo‘ladilar, ammo zulm ko‘rayotgan bemor o‘z haqqi bo‘lgan tibbiy muolajani olish uchun pul berishga majbur bo‘lsa unda ayb yo‘q. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 10:30 | Savol-javoblar | 0 | Tabobat