Kamchiligi bor qo‘y so‘yish

Assalomu alaykum! Meni bir qo‘zim bor. Veterinar aytdiki u na urg‘ochi va na erkak ekan (ya’ni, xunasa). Shuni so‘yib esa bo‘ladimi, qurbonlik qilsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masala: Bichilgan qo‘y, xo‘kizlarni qurbonlik qilish hech qanday karohiyatsiz joizdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bichilgan jonivorni qurbonlik qilganlar. Chunki, bichilgan qo‘yning go‘shti shirin bo‘ladi va u tez et oladi.
Xunasa jonivorni qurbonlik qilish joiz emas. Vallohu a’lam!

20 Iyul 2022, 21:44 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar