Avtomobil savdosi
Assalomu alaykum! Men bozordan 2023-yil ishlab chiqarilgan, yurgan masofasi 580km bo‘lgan damas avtomobilini sotib oldim (sotuvchi mashina savdosi bilan shug‘ullanadigan savdogar kishi edi) kelishilgan summani ma’lum bir qismini naqd berdim va bir qismini esa bir oy muddatda to‘liq hisoblashishga kelishdik, savdolashish chog‘ida mashina deyarli yangi bo‘lganligi sababli men uning aybi bor yoki yo‘qligini so‘ramadim, sotuvchi ham aybi bor deb aytmadi, lekin u (sotuvchi) "mashina yangi, benuqson, Hudo-xoxlasa mazza qilib minasiz" degan so‘zlarni gapirgan edi, mashinani sotuvchining o‘zi uyimga haydab olib kelib berdi va u "mashinani xujjati chiqmaguncha minmay turing" deb aytdi, bir xafta o‘tib men ham vaqtinchalik haydash xuquqini (doverennost) oldim, keyin esa mashinani katta yo‘lda xaydab ko‘rdim, ne quloq bilan eshitmayin mashina yuqori tezlikka chiqqanda (70dan yuqori tezlikda) orqa mostida shovqini bor ekan, "endi nima bo‘ladi, mashinani aybini aytayinmi yoki aytmayinmi" deb oradan uch kun o‘tdi va oxiri unga qo‘ng‘iroq qilib aybini aytdim, sotuvchi shunda menga: "2022-2023-yillarda ishlab chiqarilayotgan damaslarni ko‘pining orqa mostida shuna ovozi bor" degan so‘zlarni aytdi, men esa u kishiga o‘sha nuqsonni ta’mirlatib, ovozini yo‘q qilib, muammoni hal etib bering iltimos! deb aytdim, u esa "nega ertaroq aymadingiz, men berganda ovozi yo‘q edi, nega ko‘rib olmadingiz" degan so‘zlarni aytdi va yana u "men muammoni bartaraf etib berolmayman, ayb o‘zingizda, qolgan pulni iloji bo‘lsa tezlatib bering " degan gaplar bilan telefon so‘zlashuv yakunlandi. Savol: Muqaddas dinimizda ya’ni islomda bunday holatda uning echimi qanday bo‘ladi va bu erda kim aybdor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Benuqson” deb aytgan ekan. Aslida esa aybli bo‘lib chiqibdi. Buni bilgach darhol mashinani o‘ziga topshirib pulingizni qaytarishini talab qilishingiz mumkin edi. Ammo uni minishda davom etibsiz. Bunday qilishingiz aybga roziligingiz hisoblanadi. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 16:10 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Benuqson” deb aytgan ekan. Aslida esa aybli bo‘lib chiqibdi. Buni bilgach darhol mashinani o‘ziga topshirib pulingizni qaytarishini talab qilishingiz mumkin edi. Ammo uni minishda davom etibsiz. Bunday qilishingiz aybga roziligingiz hisoblanadi. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 16:10 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom