Ramazon Butiyni sevaylik!

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Siz Abdulloh Buxoriyni tanimasangiz ham Ramazon Butiy hazratlari haqida aytgan gaplaridan xabaringiz bo‘lsa kerak. Men ochig‘i oddiy musulmonman. Ko‘p narsalarni tafsilotini bilmayman. Ammo aytilgan gaplardan qattiq iztirobdaman. Shu inson vafot etdi. Romazon Butiy haqida ommada yomon gumon uyg‘otishdan nima naf? Ular Butiy hazratlariga xuddi Alloh taoloning hukmini chiqarib qo‘yishgandek. Axir tanqidchilar kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zlarini 100 foiz jannatda deb hisoblayotganday tuyildi menga. Shuning o‘rniga o‘zlarini hidoyatda sobitqadam bo‘lib dunyodan o‘tib, oxiratda Allohning fazliga yo‘liqish tashvishini qilishi kerak emasmi? Ular umrining Islom zahmatlarida o‘tkazgan odamning ijtihodi uchun ommaga ayblarini sanashni o‘zlariga “vojib” deb bilishlari juda ham muhim emasdir? Allohim barchamizga fazlini ko‘rsatsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Juda to‘g‘ri gap! Ular o‘zlarini jannat va do‘zax kalitlarini qo‘llaridan tutib turgandek ish tutadilar. O‘zlarini jannatning egalari deb biladilar. Ularning egri fikriga qo‘shilaganlarni do‘zaxi deb biladilar. Ularning barchasi o‘zini xuddi shunday tutadi. Holbuki o‘zlari chalasavod. Biror erda etarli ta’lim olmagan kishilar bo‘ladi. Dunyoning turli tarafidagi nomusulmonlarni dindan boxabar qilishni yoki ibodatsiz yurganlarni ibodatga chaqirishni o‘ylab ham qo‘ymaydilar. Asosiy tashvishlari mo‘min, ibodatli kishilarni kofirga chiqarish, ularning ichidagi ilmli kishilarga tosh otishdir. Siz ushbu haqiqatni anglab etibsiz. Alloh taolo xayringizni bersin!

26 May 2022, 16:58 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar