Rosulimiz Ravzalari
Assalomu alaykum! Alhamdulillah Allohning fazli bilan umraga bordik Rosulimizning ravzalariga kirdik. U erni erdagi jannatga o‘xshattim. Qur’onda Makkani omonlik shahri diyilgan. Man Rosulimiz Ravzalarini va Masjidul haromni jannatga o‘xshatishim va erdagi jannat desam durustmi? 2-savolim Ravza haqida qanday ma’lumotlar bor? U erning fazilatlari qanaqa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Hadis va Hayot” kitobida quyidagicha keladi:عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا بَيْنَ بَيْتِي وَمِنْبَرِي رَوْضَةٌ مِنْ رِيَاضِ الْجَنَّةِ، وَمِنْبَرِي عَلَى حَوْضِي. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uyim bilan minbarim o‘rtasida jannat bog‘laridan biri bor. Minbarim esa hovuzimning tepasidadir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Sharh: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinayotgan ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidlaridagi ma’lum joyning, o‘sha joy orqali butun masjidning fazli haqida so‘z bormoqda.
Ma’lumki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uylari masjidlariga yopishgan bo‘lgan. Hujrai saodatdan to‘g‘ri masjidga oyoq qo‘yib kirilgan.
Hozirgi vaqtda ham buni yaqqol sezish mumkin. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z hujralariga dafn qilinganlar, ya’ni qabrlari masjidning bir tomonida – hujrai saodatda joylashgan. Ana o‘sha joydan ma’lum masofaga minbarlari o‘rnatilgan. Uylari bilan minbarlari orasiga ushbu biz o‘rganayotgan hadisi sharifning matni yozib ham qo‘yilgan. Ana shu oraliq masofa ravzai sharif deyiladi. Bu ma’no ushbu hadisdan olingan bo‘lib, jannatdagi bog‘lardan biri, deganidir.
O‘sha makonning jannat bog‘laridan biri bo‘lishi ma’nosiga kelsak, bu haqda ulamolarimiz bir necha xil fikrlar aytganlar.
Ba’zilar «Payg‘ambarimiz masjidlarining ravza deb atalmish qismi jannatdan keltirilgan», deganlar.
Boshqalar esa «Ravzada namoz o‘qigan odamni Alloh taolo jannatga erishtirishi uchun shunday deyilgan», deb ta’vil qiladilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Minbarim hovuzimning tepasidadir» deganlaridan gap qiyomatdagi hovuzlari haqida borayotgani tushuniladi. Bu hovuz haqidagi ba’zi ma’lumotlar oldingi kitoblarda o‘tdi. Qolgani esa qiyomat haqidagi hadislarda keladi.
Hozir esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam minbarlarining, binobarin, masjidlarining ham ana shu hovuzga aloqasi borligini bilish bilan kifoyalansak bo‘ladi.
Bu esa o‘z navbatida Masjidun Nabaviyning fazlini yanada orttiradi. Shuning uchun Alloh taolo imkon berib, Madinai munavvara ziyoratiga musharraf bo‘lgan kishilar ravzada, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uylari bilan minbarlari orasida namoz o‘qishga, zikru duo qilishga astoydil harakat qilishlari lozimligini tushunib etishimiz, o‘shanday fursat berilganda undan foydalanib qolishimiz zarur.وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: صَلَاةٌ فِي مَسْجِدِي هَذَا أَفْضَلُ مِنْ أَلْفِ صَلَاةٍ فِيمَا سِوَاهُ إِلَّا الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ. وَزَادَ فِي رِوَايَةٍ: فَإِنِّي آخِرُ الْأَنْبِيَاءِ، وَإِنَّ مَسْجِدِي آخِرُ الْمَسَاجِدِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ. وَزَادَ: وَصَلَاةٌ فِي الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ أَفْضَلُ مِنْ مِائَةِ أَلْفِ صَلَاةٍ فِيمَا سِوَاهُ.Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mening ushbu masjidimdagi namoz undan boshqa masjidlardagi mingta namozdan afzaldir. Faqat Masjidul harom bundan mustasno», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Albatta, men anbiyolarning oxirgisiman va albatta, masjidim masjidlarning oxirgisidir», deganlari ziyoda qilingan.
Ikki Shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Ibn Moja:
«Masjidul haromdagi namoz undan boshqadagi yuz ming namozdan afzaldir» degan jumlani ziyoda qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda Masjidul harom va Masjidun Nabaviylarning boshqa masjidlardan afzallik darajasi bayon qilinmoqda.
1. Makkai mukarramada joylashgan «Masjidul harom»dagi bir namoz boshqa masjidlardagi yuz mingta namozga teng ekanligi.
Bu esa muborak masjid yaqinida yashayotganlarga va uni ziyorat qilish baxtiga muyassar bo‘lganlarga ulkan mas’uliyat yuklaydi. O‘zlariga berilgan imkoniyatdan to‘la foydalanishga undaydi. Boshqalarni ham o‘sha masjidni ziyorat qilishga, unda namoz o‘qishga harakat qilishga chaqiradi.
2. Madinai munavvarada joylashgan Masjidun Nabaviydagi bir namoz boshqa masjidlardagi namozdan ming marta afzal ekanligi. Albatta, hadisi sharifda aytilganidek, Masjidul harom bundan mustasno.
U muborak masjiddagi namoz Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning masjidlaridagi namozdan ham yuz marta afzal.
Demak, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidlari afzallikda Baytullohdan keyin, ikkinchi o‘rinda turadi.
Shuning uchun bu muborak masjidni ziyorat qilish imkoniga ega bo‘lgan odam ham o‘ziga berilgan imkoniyatdan to‘la foydalanishga urinmog‘i lozim.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning boshqa bir rivoyatda:
«Men anbiyolarning oxirgisiman, masjidim masjidlarning oxirgisidir» deganlarining ma’nosi mendan keyin payg‘ambar kelmaydi, mening masjidimdan keyin bunga o‘xshash fazilatli masjid bo‘lmaydi, deganlaridir.
Shu erda Masjidul Aqsoning afzallik darajasi haqida ham ikki og‘iz so‘z aytishimiz lozim.
Yuqorida zikr etilgan ma’lumotlardan Masjidul Aqso tarix jihatidan Masjidul haromdan keyin va Masjidun Nabaviydan oldin barpo bo‘lganini bilib oldik.
Afzallik jihatidan esa Masjidul harom va Masjidun Nabaviydan keyin, uchinchi o‘rinda turadi.
Shuning uchun ham bu muborak masjid «ikki qiblaning birinchisi, ikki haramning uchinchisi» deb vasf qilinadi.
Bu ma’noni Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan quyidagi hadisi sharifdan yana ham aniqroq bilib olamiz.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Masjidul haromdagi namoz yuz ming namozdir. Mening masjidimdagisi ming namozdir. Baytul Maqdisdagisi besh yuz namozdir», deganlar. Vallohu a’lam!
13 Dekabr 2023, 10:36 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar