Shirk
Assalomu alaykum! Bir do‘stim so‘rab berishimni iltimos qildi. Aytishicha uning buvisi betob ekan xar qancha shifokorga bormasinlar foydasi bo‘lmayotgan ekan, ammalari kelishib qandaydir ayol chaqirib qaysh oshi degan taom pishirishayotganlarini do‘stim bilib qolibdi shunda u ammalariga bunday qilmanglar gunox bu deb tushuntiribdi va ular u ayolni chaqirmabdilar. Lekin do‘stim uyiga kelsa o‘sha ovqatni baribir pishirishayotgan ekan. Shunda u o‘sha ovqatni to‘kib tashlabdi. Xozir esa do‘stimning aytishicha xammalari undan xafa bo‘lishgan ekan, nimaga desa biz buni dadangda so‘rab qilayotgan edik buvingni tobi yo‘q azob chekiyapti ovqatni xam uvol qilding gunoxku deyishyapti ekan. U xozirda nima qilishini bilmay qolgan qancha tushintirmasa xam nima qilaylik buvingni axvolini qara deyaptilar ekan. Iltimos shu masalada maslaxat bersangiz do‘stim xozirda nima qilsa to‘g‘ri bo‘ladi? Shunday vaziyat yana bo‘lib qolsa nima qilishi kerak? Uyidagilari undan noo‘rin xafa bo‘lishmayaptimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘pollik qilmasdan tushuntirish kerak edi. U islomni shunday go‘zal qilib ko‘rsatsinki, ular shariatga amal qilishni boshlaganini o‘zlari bilmay qolishsin. Uyidagilar undan noo‘rin xafa bo‘lishyapti. Dardni Alloh taolo bergan, shifosini ham O‘zi beradi. O‘zidan so‘rash kerak. Bu kabi taom pishirish shariatimizda yo‘q, xurofot sanaladigan amal. Quyidagi tavsiyaga amal qiling: Inson nasihat qilmoqchi bo‘lgan barcha kishilarning oldida suyukli bo‘lishi kerak. O‘zgalarga nasihat qiladigan, ta’lim beradigan va ularni aytgan gaplariga amal qilishini xohlaydigan inson avvalo yaxshi ilmga ega bo‘lishi kerak. Har bir bilgan narsasiga amal qilishga harakat qilishi kerak. Eng muhimi ularga yaxshi gapirib, muhabbatini qozona olishi kerak. Chunki hikmatlarda “Kimni yaxshi ko‘rsang uni har bir so‘zi va amallari senga chiroyli bo‘lib ko‘rinaveradi” deyilgan. Qolaversa banda Alloh bilan o‘zining o‘rtasini isloh qilsa Alloh u bilan boshqa bandalar orasini ham isloh qilib qo‘yadi. Buning uchun biroz vaqt ham kerak bo‘ladi. Surunkali kasallik davolanishi qiyin va uzoq muddat talab qilganidek gunohlar ham surunkali bo‘lib qoladi, tark qilishi uchun uzoqroq muddat kerak bo‘ladi. Buning uchun yonidagi tabiblik vazifasini bajarayotganlar biroz sabr qilishlar kerak bo‘ladi. Oddiy kasallikni davolash uchun tabobatdan ilm va tajriba zarur bo‘lganidek, gunoh kasalini davolamoqchi bo‘lganlarda ham davolash ilmi va tajribasi bo‘lishi kerak. Aks holda qo‘pollik qilib, gunoh kasalligini zo‘raytirib yuboradi. Siz ilm o‘qing. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 131 | Dolzarb savollar