Usta tokni majburan o‘g‘irlasa

Assalomu alaykum! Bir usta odam bir insonning uyiga ishlashga borsa, ustaning ishi elekr toki bog‘liq. 220 volt o‘rniga 380 volt tok kerak bo‘lib qolganda uy egasi simyog‘ochdan pramoy qilib olib ishlat, elektr energiyasi xodimlariga o‘zim aytib kelishaman desa usta nima qilishi kerak? Ishlashi kerakmi yoki ishlamasdan ketishi kerakmi? 2) shu holatda ustaning ishlab olgan puli halolmi harommi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Borib ruxsatnoma olib kelsangiz keyin qilaman, meni bu o‘g‘irlikka qo‘shmang deyish kerak.2). O‘g‘irlikka hissa qo‘shib topgan puli halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

16 Oktabr 2023, 16:28 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar