Mahrga o‘tadimi

Assalomu alaykum! Nikoh o‘qilganda ko‘pincha domlalar kuyovdan kelinni mahrini berdingizmi dep so‘rab qo‘yishadi halos. Ko‘p yigitlar mahr tushunchasiga ega ham emaslar, lekin ha dep javob berishadi. Kelindan, gaplari rostmi dep so‘rashmaydi ham. Alhamdulillah 5 mahal ibodatdaman. Aynan shu holat menda ham bo‘lgan, turmushimizga 21yildan oshdi. Erim, ibodatda, taqvoda yo‘qlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnat amallarini pisand qilmaydilar. Toqatimdan ortiq bo‘lgan narsalarni talab qiladilar, ajrashish niyatlari borligini bildirdilar. Alloh hayrligini nasib qilsin! Menga ZAGSda nikoh uzugini taqganlar, uzukni mahr dep qabul qilsam bo‘ladimi, ya’ni nikoh uzugi mahrga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahrga o‘tadi.  Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:14 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar