Vahhobiylik

Assalomu alaykum shayx hazratlari. Alloh sizga qilayotgan ezgu ishlaringizda kuch-qudrat va sabr-qanoat ato etsin. Ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin. Hazrat meni savolim quyidagicha:1. Vahhobiylik bizda qattiq qoralanadi va biz ham ularni adashgan ekstrimistik guruhlardan deb bilar edik. Lekin yaqinda Saudiya Arabistonida barcha musulmonlar vahhobiyligini eshitib qoldim. Buni qandoq tushunish mumkin? Yoki bizdagi vahhobiylar va u erdagi vahhobiylar boshqa-boshqami?2. Vahhobiylik firqami, mazhabmi yoki boshqa narsami?3. Umuman aqidaviy mazhab, fikhiy mazhab, firqa, hizb kabi tushunchalar o‘rtasidagi farqni tushuntirib bersangiz.4. Boshqa mazhab kitoblarini bizning mazhablarnikidan qandoq farqlasa bo‘ladi?Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
2. Bu gaplar yakin yillarda va batafsil yozilgani uchun o‘shalardan foydalanishni tavsiya kilamiz. 3.Mazxab ma’lum ma’naviy yo‘lni bildiradi. Bizda fikxiy mazxabni mazxab deyish odat bo‘lgan.Fikriy mazxab o‘rniga islomiy manbalarda akiydaviy mazxab istiloxi ishlatiladi. Ya’ni, e’tikod masalalarini bayon kiluvchi mazxab.Firka gurux degani.Xizb partiya degani.4. Boshqa mazxab kitoblarining ko‘pida uning qaysi mazxabda ekani yoziladi yoki muallifidan bilib olinadi. Ulardan xam bilib bo‘lmasa, gapning borishidan, eng osoni ilmli kishidan so‘rab bilinadi.

29 Aprel 2022, 08:08 | Savol-javoblar | 182 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar