Xayoldan vasvasadan kofir bo‘lmaydimi

Assalomu alaykum! Men boxorda nomoz o‘qishni boshladim Allohga qayttim xijobga kirdim, nomozni o‘qib yurudim qalbimdan tinchlik bo‘lib to‘g‘ri yo‘lda yurganimni xis qivotudim, lekn 1 oy oldin aqiydani vasvasasiga uchrab qoldim, Alloh to‘g‘risida juda yomon xayolar gaplar kelurdi xayolimga men u xayolardan juda qo‘rqishni boshladim, yuregim notinch bo‘lib qoldi, keyin men domlalarga bordim, bu iymondir deb aytishdi, men xarakat qildim bu narsalarni o‘ylamasliga lekn yuregim notinch bo‘laverdi, keyin xayolimga shunday gap keldi bu xayolarni o‘zin o‘ylavosan, qasdan xayolga keltirvosan degan, men keyin bu narsadan yanada ko‘proq qo‘rqishni boshladim, xayolarimda shu yomon xayolar gaplar aylanishi boshlaverdi lekin men xolamadim bu narsalani o‘ylashga chiqib ketishga xarakat qildim qivoman xozirgacham, xar keganda shunaqa xayolar Astag‘firulloh, Allohu akbar dedim, xozir lekin ancha kamaydi unaqa xayolar, sovolim shunday, men xozir qo‘rqib qoldim kofir bo‘lib qoldimi deb, qasdan keltirvoman deb o‘ylavoman bu xayolarni va bundan kofir bo‘ldim deb. Ustoz yordam bering qiynalib ketim xech narsa tatimayapti menga, men kofir bo‘lib qoldimi yoki yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizdagi bu o‘y-hayollar vasvasadan boshqa narsa emas. Ular haqida o‘ylab-siqilib vaqtni ketkazmaslik kerak. Parvo qilmang, tamom.VasvasaYomon xayollarning kelishi qalbda iymon borligining alomatidir. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan vasvasa haqida so‘raldi.عن عبدالله، قال: سئل النبي - صلى الله عليه وسلم - عن الوسوسة، قال : تلك محض الإيمانAbdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan vasvasa haqida so‘raldi. Shunda u zot:
“Bu iymonning ayni o‘zidir”, dedilar.
Ya’ni inson qalbiga vasvasaning kelishi unda xolis iymon borligining alomatidir. Qalbga vasvasa kelganligi bois inson tushkunlikka tushmasligi kerak. Boshqa bir hadisda.عن أبي هريرة - رضي الله عنه - قال: جاء ناس من أصحاب النبي - صلى الله عليه وسلم فسألوه: إنا نجد في أنفسنا ما يتعاظم أحدنا أن يتكلم به! قال : وقد وجدتموه؟-، قالوا: نعم،: قال ذاك صريح الإيمانAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir necha kishilar kelib: “Qalbimizda aytishni ulkan(gunoh) deb biladigan narsalarni topamiz” deyishdi. “Uni ulkan gunoh deyishni topasizlarmi?” dedilar. Ular: “Ha” deyishdi. “O‘sha ayni iymondir” dedilar.Shayton iymon o‘g‘risidirHoji Imdodulloh Makkiy yuqoridagi hadisni sharh qilib:
“Inson qalbiga vasvasa qilish shaytonning ishidir. Shayton iymon o‘g‘risidir. O‘g‘ri va qaroqchilar boylik bor uyga qaroqchilikka tushgani kabi, shayton ham inson qalbidagi iymonga o‘g‘rilikka tushadi. Uning o‘g‘rilik qilishi vasvasa qilish orqali bo‘ladi. Qalbga kelgan vasvasa esa o‘sha qalbda iymon davlati borligining alomatidir. Kishi qalbiga kelgan vasvasani izhor qilishdan ko‘ra kuyib kul bo‘lishni afzal ko‘rishi iymon aytayotgan so‘zlardir. Shuning uchun ham Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Bu iymonning ayni o‘zidir” dedilar. 
Vasvasaga javobgarlik yo‘qعن أبي هريرة - رضي الله عنه - أن رسول الله - صلى الله عليه وسلم - قال إن الله تجاوز عن أمتي ما حدثت به نفسها، ما لم تعمل به أو تتكلم متفق عليهAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo ummatimdan nafslari aytgan narsa(vasvasa)ni kechirib yubordi. Modomiki uni so‘zlab yoki unga amal qilmasalar” dedilar”.Vasvasaning turlariOdatda vasvasa to‘rt qismga bo‘linadi.
Birinchisi, 
aqiydaga tegishli bo‘lib, shayton Alloh taoloning zoti , oxirat , qazoi-qadar borasida turli vasvasalarni qiladi. Ushbu vasvasa haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “ Qachonki e’tiqodingizni to‘g‘ri qilar ekansiz bunday vasvasa va xayollarni qalbingizga kelishiga inshaalloh javobgarlik bo‘lmaydi va bu xayollar sabab inson kofirga ham aylanmaydi. “ dedilar. Ba’zi kishilar qalbiga shunday xayollar kelganida o‘zini shayton yoki kofir bo‘lib qoldimmikan, deb o‘ylaydi. Unday emas . Modomiki inson e’tiqod qilish kerak narsalarga e’tiqod qilar ekan, tili va amali orqali mo‘’min kishi bajarishi kerak bo‘lgan amallarni qilar ekan qalbga kelgan vasvasa tufayli tushkunlikka tushmasligi kerak.
Ikkinchisi, fisqi-fujur gunoh ishlarni qilish vasvasasi va xayoli. Inson qalbiga biror gunoh ishni qilish xayoli kelsa tabiati unga moil bo‘lib o‘sha ishni qilishga undasa , modomiki unga amal qilib qo‘ymas ekan, inshaalloh javobgarlikka tortilmaydi. Shu o‘rinda bir gunoh ishni qilishni iroda qilish degan narsani sharhlab o‘tsak. Iroda qilish besh bosqichda bo‘ladi.
1. Bir bor xayolga keldiyu ketdi. Bunday vasvasa “ hojiz” deb nomlanadi.
2.Bir xayol qayta-qayta kelaverishi.Uni “hotir “ deyiladi.
3.Xayolga keldi , uni qanday bajarishni tasavvur ham qildi, buni “hadisunnafs” deyiladi.
4.Tasavvurdan oldinga siljib , uni qilishga iroda qildi. Lekin uni bajarishga azmu qaror qilgani yo‘q. Uni “hamm” deyiladi. Bu hamm gunoh emasligiga Alloh taolo Qur’oni karimda Yusuf surasi 24 oyatda ..... degan.
5.O‘sha gunoh ishni qilishga yuz foiz azmu qaror qildi. Uni “azm” deyiladi.Fuqaholar ushbu besh bosqichdan to‘rt bosqichga javobgarlik yo‘q. Shunchalik darajaga borgan kishini gunohkor deyilmaydi. Beshinchi bosqichga o‘tgan kishi gunohkor hisoblanadi. Lekin o‘sha gunohga qo‘l urgan kishicha gunohkor bo‘lmaydi” deganlar. Alloma Shabbir Ahmad Usmoniy :” Mening tahqiqotimga muvofiq vasvasaning azm darajasi ham afuv qilingandir. Gunoh darajasida bo‘lgan gunohni qilishni iroda qilish azmu qarordan ham yuqori bosqichga ko‘tarilib, o‘sha gunohni qilishga haris bo‘lish darajasidir. Bugungi kun tili bilan aytilganda gunohni qilishga haris bo‘lish o‘sha gunohni qilish rejasini tuzib, ishga kirishganlikka aytiladi.Yomon xayollar kelgan vaqtda Allohga yuzlaning Qachon biror gunoh qilish xayoli yo vasvasasi kelganda tezda : “ Allohim qalbimga shu gunohni qilish xayoli kelmoqda. Meni bu gunohni qilib qo‘yishdan o‘zing saqla” deyish kerak . Alloh taolo hargiz bandaning iltijosini ijobatsiz qoldirmaydi. Qur’oni karimda Yusuf alayhissalomning voqeasi zikr qilinib, u zot Zulayho orqali imtihon qilinganligi, inson bo‘lganligi tufayli qalbiga vasvasa tushgani lekin o‘sha ondayoq Alloh taologa iltijo qilgani bayon qilingan ...............(Yusuf surasi) Alloh taolo ushbu voqeani zikr qilib bandalari qalbiga gunoh qilish vasvasasi kelganda O‘ziga qaytib undan panoh so‘rab, o‘z fazli karami bilan gunoh qilishdan saqlashini so‘rashlarini ta’lim bergan. Agar bandalar shunday qilsalar inshaalloh Yusuf alayhissalomdek omonda bo‘lishlarini aytgan.
Uchinchisi, namoz o‘qilayotganda kelgan xayollar. Bu vasvasaning uchinchi qismi bo‘lib garchi muboh sanalsada, lekin insonni ibodatdan chalg‘itguchidir. Masalan, bir kishi namozga quloq qoqqach tili qiroatda bo‘lsada xayoli turli taraflarga ketib qoladi. Eb ichish xayoli , bola-chaqa , tijorat xayolga keladi. Bularning barchasi beixtiyor kelsada, kishini ibodatdan chalg‘itadi. Bunday o‘rinda sanoni boshlaganda sanoning ma’nolariga , fotihani boshlaganda fotihaning ma’nolariga , ruku sajda qilganda kimga munojat qilayotganiga e’tibor qaratish kerak. Shundan keyin ham xayollar hujumi to‘xtamasa, bunday xayollarga kishi javobgar bo‘lmaydi.Namozni beqadr qilmang Ko‘plab kishilar namozda kelgan turli vasvasa xayollar tufayli o‘zlarini o‘qiyotgan namozlarini ruhsiz, jonsiz namoz bo‘ldi deb qadrlamaydilar. Bunday qilish xato. Alloh taolo bir bandasiga namoz o‘qib peshonasini sajdaga qo‘yishni muvaffaq qilgan ekan bu Alloh taoloning bandaga bergan ulkan ne’matidir. Bunga shukr qilish kerak. Chunki rizq moddiy va ma’naviyga bo‘linadi. Moddiy rizq borasida kofiru musulmon barobar. Balki bugungi kunga kelib mo‘’min bo‘lmaganlar bu borada ustunroq hamdir. Lekin ma’naviy rizq esa faqat mo‘’minlarga xosdir. Namoz esa o‘sha rizqning eng oliy darajadagisidir. Uni qadrlash kerak. Qilinayotgan sajda faqat Alloh uchun 20 asr tariqat mashoyixlaridan doktor Abdulhay rohimahulloh huzuriga bir kishi kelib :” Men juda yomon tushkunlikka tushib qoldim. Qachon boshimni sajdaga qo‘ysam miyamga shahvoniy va nafsoniy xayollar hujum qilmoqda. Qilgan sajdam nima bo‘lar ekan degan xayolga borayapman. Bundan qanday qutulishim mumkin” dedi. Abdulhay rohimahulloh: ” Seningcha bu sajdang qanday sajda deb o‘ylamoqdasan ?” dedi. U kishi:” Mening qilgan sajdam shahvoniy xayollar tufayli nopok sajda bo‘lsa kerak” dedi. Shunda Hazrat : ” Alloh taolo ulug‘ va pok zot. Uning uchun a’lo darajadagi sajda qilinishi kerak bo‘lsa nopok sajdangni men uchun qilgan bo‘larmiding?” dedi. Shunda u kishi tavba tavba men hargiz siz uchun sajda qilmayman dedi. Hazrat:” Shunday ekan sen qilayotgan sajda Alloh taolo uchun qilinayotgan sajda ekan undagi beixtiyor shaxvoniy va nafsoniy xayollarga parvo qilmagin. Sen bu qilinayotgan sajda Alloh taolo uchun qilinayotganiga qaragin.” dedilar.Vasvasalarda ham hikmat bor Biz kabi kishilar o‘qiyotgan namozlarimizda vasvasa va yomon xayollarning kelishi ham bir hikmatdir. Chunki unday vasvasalarsiz hushu’, huzu’ bilan namoz o‘qishni boshlasak xayolimizga biz ulug‘ maqomlarga etishib qoldik degan fikrlar kelib, qalbimizda ujb va mutakabbirlik kabi xislatlar paydo bo‘la boshlaydi. Bizning misolimiz arab shoirlaridan biri aytgan “to‘quvchi ikki rakat o‘qib, vahiy kutishni boshladi” degan she’ridagi to‘quvchiga o‘xshaydi. Bizga ham xushu’ xuzuli namoz o‘qish hosil bo‘lsa Alloh taolo panoh bersin Mahdiylikni da’vo qilib qolarmidik. Shuning uchun bu vasvasa xayollarni ham Alloh taoloning hikmati va rahmati deb qabul qilish kerak.O‘z-o‘zidan xayol va vasvasalarning kelishi gunoh emas Inson miyasiga o‘z-o‘zidan vasvasa va xayollarning kelishi gunoh emas, balki ularni qasddan xayolga keltirish gunoh sanaladi. Ashraf Ali Tahonaviy rohmatullohi alayhga muridlaridan biri maktub yo‘llab, namozida turli xil xayollar kelayotgani va ular tufayli tushkinlikka tushganini yozdi. Hazrat uning javobida: “vasvasa va xayollar kelishi gunoh emas, balki ularni keltirish gunohdir”, ya’ni qasddan o‘shanday xayollarga borish gunohdir deb yozdilar.Vasvasaning misoli Gunohdan saqlanish shart. Lekin beixtiyor turli xil vasvasa va xayollarning miyaga kelishi gunoh emas. Ular tufayli ishdan to‘xtab qolmaslik kerak. Ularning misoli shundayki, bir kishini podshoh huzuriga chorladi. U kishi shoshilib muloqotga ketayotganida yo‘lda odamlar etagidan tutib har xil ishlarga chalg‘itishdi. Biri bir muammoni aytsa, boshqasi boshqa bir muammoni aytdi. Aytingchi shunda u ularning muammolariga parvo qiladimi. Agar parvo qilsa podshoh huzuriga etib boradimi. Shu kabi inson ibodat vaqtida miyaga kelgan vasvasalarga parvo qilmaslik kerak.
Vasvasaning davosi ham shu. Ularga e’tibor bermaslik kerak. Bora-bora ular kamayib, zehn ibodatga xoli qoladi. Ashraf Ali Tahonaviy rohmatullohi alayh nozik bir nuqtani bayon qilib: “Namoz talab qilingan amaldir. Unda turli vasvasalarga e’tibor bermaslik kerak. Ko‘pchilik namozda mazza qila olmayotganlarini yoki avvaldagi mazzani xis qilishmayotganlarini aytishadi. Azizlar namoz mazza qilish uchun farz qilinmagan. Balki u Alloh taoloning farz qilgan amalidir. Namozda rohatni his qilish Alloh taoloning ne’matidir. Agar his qilinmasa, zarracha barobar namozning fazilati kamayib qolmaydi. Namozning shart, rukn va odoblariga amal qilinib, uni sunnatga muvofiq ado qilinar ekan, umr bo‘yi mazzani his qilmasa ham namozning ajri kamayib qolmaydi” der edi.Namoz o‘qishga qiynalishNamoz o‘qishda rohatni his qilinadimi, yo‘qmi baribir namoz farzdir. Nafs sarkashlik qilib, qalb rohatni his qilolmay namoz o‘qishda savob ko‘proqdir. Chunki, nafsga qarshi chiqib, Alloh taoloning roziligini o‘ylab ibodat qilish qiyin ish hisoblanadi. Rashid Ahmad Gango‘hiy rohmatullohi alayh : “Umr bo‘yi namozdan maza topolmagan bo‘lsada, ularni qoldirmay o‘z vaqtida ado qilishga uringan kishiga ikkita quvonchli xabar bordir. Birinchisi qiynalsada namozni qoldirmasa uning savobi insha Alloh ko‘proq bo‘ladi. Ikkinchisi agar namozda mazzani his qilsa, mazza qilish uchun namoz o‘qiganligining shubhasi bo‘lar edi. Mazzani his qilmaganidan uning namozi faqat Alloh taolo uchun ekanligi ma’lum bo‘ladi. Chunki namozda rohatni his qiluvchilar rohatlanish uchun namoz o‘qigan bo‘lishlari mumkin. Bunda nafsning nasibasi ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun namozda maza qiladimi, yo‘qmi, vasvasa xayolga keladimi, yo‘qmi unga e’tibor qaratmaslik kerak.Inson amal qilishga mukallafdirBa’zi bir kishilar bir vaqtlar dunyodan uzilib, mazza qilib, ajoyib bir kayfiyatda namoz o‘qishganlari hozirda esa, o‘sha kayfiyatni topa olmayotganlarini aytishadi. Yaxshi bilib olish kerakki, bunday kayfiyat ixtiyoriy narsa emas, balki u beixtiyor sodir bo‘ladigan narsadir va inson uni hosil qilishga ham mukallaf emas. Amalni qabul bo‘lishi ham unga bog‘liq emas. Najot topish ham unga mavquf emas. Inson amal qilishga mukallafdir. Uni sunnatga muvofiq ado qilish qilmasligiga mukallafdir. Modomiki, Alloh taolo O‘z fazli karami ila amalga muvaffaq qilgan ekan, unga shukr qilish kerak.Kayfiyat maqsad ham emas, ixtiyoriy ham emas Kishilar hajga borsalar odatda Ka’bani ko‘rganlarida ajoyib bir kayfiyatga tushib qoladilar. Goho yig‘lagisi, goho xursandligidan kulgisi keladi. Bunday holatni topa olmaganlar esa, shunday joylarga kelib ham qalbim erimadi, yig‘i kelmadi, shayton ustimdan g‘olib bo‘lib olgan ekan va boshqacha kayfitni his qila olmadim deb o‘zlarini o‘zlari malomat qilishadi. Aslida gap bunday kayfiyatni paydo bo‘lishida emas. Bunday kayfiyatni sodir bo‘lmagani uchun inson Alloh taolo huzurida past maqomda bo‘lib ham qolmaydi. Bashartiki amal sunnatga muvofiq bo‘lar ekan, u maqbul va ajrga egadir. Alloh taologa olib boruvchi yo‘l bitta siroti mustaqimdir. Siroti mustaqim Alloh taoloning Qur’oni va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari ko‘rsatgan yo‘ldir. Amal shu ikkisiga muvofiq bo‘lsa, manzilga olib boradi. Yo‘lda ketilayotganda turli xayollar va vasvasalar keladimi, yig‘lash kabi kayfiyat sodir bo‘ladimi, bo‘lmaydimi mazza bo‘ladimi, bo‘lmaydimi uning farqi yo‘q.Ikki holatdagi kishing namoziDoktor Abdulhay rohimahulloh bir kun shogirdlariga nasihat qilib, ikki holatdagi kishining namozi haqidagi nuqtani bayon qilib berdi. Biri o‘ziga to‘q bo‘lib, uning tirikchilikdan hech g‘ami yo‘q, azon aytilishi bilan masjidga boradi, xotirjam tahorat oladi va xushu’, xuzu’ bilan namozini ado qiladi. So‘ng jamoatga muntazir bo‘lib o‘tiradi. Takbir aytilgach fikrini jam qilib, namozdan boshqasini o‘ylamay namoz o‘qiydi. Namoz tugagach uyga boradi va keyingi namozga muntazir bo‘ladi. Ikkinchisi esa, bola chaqali, ko‘pchilikning huquqlari zimmasida, tijorat yoki biror kasbga mashg‘ul. Jamoat vaqti bo‘lsa, tahoratga shoshiladi va imom ortidan jamoatga ergashadi. Endigina ishdan qo‘li to‘xtagani uchun xayolida ishning fikri miyasida davom etadi. Shunday bo‘lsada, jamoatdan qolmay namozlarini to‘liq o‘qiydi va sunnatini o‘qigach yana o‘z ishiga shoshiladi.Qay birining namozida ruvhoniyat ziyodaSo‘ng shogirdlariga yuzlanib : “Aytinglarchi qay birining namozida ruvhoniyat ziyoda?” deb: “Aslini olib qaralganda avvalgi kishining namozida ruvhoniyat ziyoda ko‘rinadi. Chunki, azon vaqti masjidga keldi, xotirjamlik bilan tahorat oldi va xayoli sochilmay namoz o‘qidi. Lekin Alloh taolo nazdida keyingi kishining namozida ruvhoniyat ziyodadir. Chunki, birinchi kishining zimmasida hech qanday ma’suliyat yo‘q. Uni ibodatdan chalg‘itadigan monelik yo‘q. Namoz o‘qishida lazzat bor. Ikkinchi kishi esa, tirikchik bilan ovora, bir qancha narsalarning mas’uliyati bo‘ynida, fikri sochilgan. Shunday bo‘lsada uni bu narsalar Alloh taoloning ibodatidan to‘sib qo‘ymadi. Alloh taolo ( valaa bay’un an zikr) degan. Garchi uning namozida g‘arib kayfiyat hosil bo‘lmasada ajrda avvalgi kishidan kam bo‘lmaydi. insha Alloh”, dedi.
To‘rtinchisi, tahorat va namozda shaklanish vasvasasi. Juda ko‘pchilik shu vasvasa tufayli qiylanadilar. Ba’zilar tahoratim ketib qoldimi yoki yo‘qmi desa, ba’zilari yuviladigan a’zolarga suv etdimi yoki yo‘qmi o‘ylanib qoladilar. Ba’zilar imom namozni birinchi rakatini tugatishga kelganida endi tahrimaga quloq qoqayotgan bo‘ladi.Ashraf Ali Tahonaviy hikoyasiBir kishi mendan vasvasaga duchor bo‘lgan kishi haqida so‘rab: “U uch bor suvga sho‘ng‘isa ham g‘uslim to‘liq bo‘ldimakan deb o‘ylanib qoladi?” dedi. Men unday kishidan namoz soqit bo‘ladi dedim. Chunki unday odamning aqli joyida emas. Aqli joyida bo‘lmagan kishilarga namoz farz bo‘lmaydi” dedim.
Bunday kishilar haqida Rasululloh solallohu alayhi vasallam ko‘rsatmalar berganlar.عَبَّادِ بْنِ تَمِيمٍ عَنْ عَمِّهِ أَنَّهُ شَكَا إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّجُلُ الَّذِي يُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهُ يَجِدُ الشَّيْءَ فِي الصَّلَاةِ، فَقَالَ : لَا يَنْصَرِفْ حَتَّى يَسْمَعَ صَوْتًا أَوْ يَجِدَ رِيحًا، وروى مسلمAbbod ibn Tamim roziyallohu anhu amakisidan rivoyat qiladi:
“Amakisi Rasululloh solallohu alayhi vasallamga namozida bir narsani topkanday bo‘ladigan kishining shikoyatini etkazdi. Shunda u zot: “To ovozni eshitmagunicha yoki hidni topmagunicha namozdan chiqmasin!” dedilar”.
Fuqaholar ushbu hadisdan “Aniq narsa shubha ila ketmaydi” degan qoidani olganlar. Vallohu a’lam!

16 Dekabr 2023, 13:58 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar