Uyquda bosiriqishlik

Assalomu alaykum! Negadir men uyquda ko‘p bosirqaman. Uyquda bo‘lganimda meni (jinmi) qiynaydi, u bilan olishib o‘zimni qimirlatay deyman, ammo qimirlay olmayman?  Ba’zida ramozon oyida ham shunday bo‘ladi. Albatta duolarni aytib yotganimda bu holat  bo‘lmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadislarda kofir jinlarni Ramazonda zanjirband qilinishi zikr qilingan. Jinlarda ham insonlardagi kabi o‘zini musulmonman desada, namozxonni ko‘rsa, peshonasi tirishadiganlari bor. Qolaversa, odatdan tashqari sodir bo‘ladigan ishlar, masalan valiylarga beriladigan karomat ularning iymonlarini ziyoda bo‘ishi uchun beriladi. Ibrohim alayhissalom Alloh taolodan quyidagi oyatda :  وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّ أَرِنِي كَيْفَ تُحْيِي الْمَوْتَى قَالَ أَوَلَمْ تُؤْمِن قَالَ بَلَى وَلَكِن لِّيَطْمَئِنَّ قَلْبِي قَالَ فَخُذْ أَرْبَعَةً مِّنَ الطَّيْرِ فَصُرْهُنَّ إِلَيْكَ ثُمَّ اجْعَلْ عَلَى كُلِّ جَبَلٍ مِّنْهُنَّ جُزْءًا ثُمَّ ادْعُهُنَّ يَأْتِينَكَ سَعْيًا وَاعْلَمْ أَنَّ اللّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ۝ Esla, Ibrohim: «Robbim, menga o‘liklarni qanday tiriltirishingni ko‘rsat», – deganda, (U Zot): «Ishonmadingmi?» – dedi. U (Ibrohim): «Ore, lekin qalbim xotirjam bo‘lishi uchun», – dedi. (U Zot:) «Qushdan to‘rtta olgin-da, oldingga to‘plab, kesib, maydala, so‘ngra har bir toqqa ulardan bir bo‘lakni qo‘ygin, keyin ularni o‘zingga chaqir, huzuringga tezlab keladilar. Va bilginki, albatta, Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta hikmatlidir», – dedi.(“Tafsiri Hilol” kitobidan. “Baqara” surasi 260-oyat). «Ore, lekin qalbim xotirjam bo‘lishi uchun» degan gapni aytganlar. Qiyomat kunida ahli balolar ham eng yuqori maqomda bo‘lishlari zikr qilingan. Sizdagi bu holatda ham juda ko‘p hikmatlar bor. Mumkinki o‘sha jinning bosishligi sizni chin dildan poklanib yurishga, taqvo qilishga Alloh va Uning qudratini ulug‘ligiga ishonchingiz ziyodalashishiga sabab bo‘layotgandir. Chunki juda ko‘p insonlar iymon keltirishi vojib bo‘lgan jinlarni borligiga ham ishonishmaydi. Borligiga ishonganlari ham ularni daf qiluvchi narsa Allohning O‘zi ekanligiga e’tibor qilmay, jinkash yoki folbinlar xuzuriga chopishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:22 | Savol-javoblar | 181 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar