Masjiddagi holat
Assalomu alaykum! Meni bir mavzu rosa hayron qoldirdi. Yaqinda bir o‘zbek qo‘shiqchilari tarafidan kuylangan qo‘shiq va klipga televizor orqali ko‘zim tushib qoldi. Undagi guruh ikki kishidan iborat va klip Xiva shahrida olingan. Klipning qoq o‘rtasida yigit va qiz Xivadagi eng katta juma namozi o‘qiladigan joyda (Xivada bo‘lganimda bu erda oldin juma namozlari o‘qilganini hozir esa ochiq muzeyga aylantirilganini aytishgan edi) yigit va qiz bir birini orqasidan chiroyli kiyimlarini kiyib olib yuripti. Men bermoqchi bo‘lgan savol shuki, nahotki masjidlarda sevgi muhabbat mavzusida kliplar olishga ruxsat berilgan? Bunday joylarda klip olish qo‘shiq kuylash va raqsga tushish kim tarafidan nazoratga olinishi kerak? Ko‘pchilik g‘arbliklar shunaqa qilib yakshanba kunlari cherkovga o‘zlarini ko‘rsatishga boradi deb eshitardim, shunga men bu klipda ham shu narsalarning elementlarini ko‘rganga o‘xshadim. Agar savolimda nuqson bo‘lsa ming bir uzr so‘rayman. Ilmimiz bundanda ziyoda bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Masjid dinning shiori, Alloh taologa ibodat qilinadigan muqaddis joy. Bir bor masjid bo‘lgan joy qiyomatgacha masjid bo‘lib qolishi shart. Uni e’zozlashimiz, toza tutishimiz, xushbo‘ylantirishimiz biz musulmonlarning vazifasidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hatto og‘izdan noxush hid keladigan kishilarni ham masjidga kiritmas edilar. Shuningdek hayz-nifos holatidagi ayollar, janobatdan pok bo‘lmagan ayollar, qo‘liga doimiy lak qo‘ygan olgan ayollar(chunki bunday ayollar g‘usl qilsalarda janobatdan pok bo‘lmaydilar) kirishi ta’qiqlangan. Bu kabi masalalarni hal qilish, O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining vakolatiga kiradi. [url=muslim.uz saytiga murojaat qiling. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar