Zamonaviy savdo usuli marketpleysda savdo qilish

Assalomu alaykum! uzum.uz marketpleys orkali savdo kilish joizmi? Uzumdagi shartnomaga asosan shunday kursatilgan. Uzum katta tashkilot bulib masalan men sotuvchi bulib ruyxatdan utaman va ular bilan shartnoma tuzib ishlashim kerak buladi. Uzum.uz sotuvchilar uchun kulay platforma yaratishgan va usha platformadan ruyxatdan utib men uz tovarlarimni sotishim mumkin. Uzum platformasida maxsulotlar nakd pulga xam va xalol nasiya savdo asosida xam sotiladi. shunda mening maxsulotim uzum platformasi orkali nasiya savdoga sotilib ketsa ya’ni mijoz nasiyaga sotib olsa uzum sotilgan maxsulot uchun xisob rakamimizga maxsulot pulini tushurib beradi. agar naktga tovar sotilsa usha pul mening xisobimga kelib tushadi. shu masalada joiz bulmaydi degan gaplarni eshitdim shunga aniklib kiritgani sizlarga savol yulladim. Allox ilmlaringni ziyoda qilsin. oldindan katta raxmat sizlarga agar kushimcha yana ma’lumotlar kerak bulsa men takdim etishim mumkin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sotuvchi va marketpleys hamda marketpleys va xaridor o‘rtasidagi shartnomalarni bizga yuboring. Vallohu a’lam!

20 Dekabr 2023, 12:05 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar