Jamoatga rukuda qo‘shilish

Assalomu alaykum! Asr namozi uchun jamoatga qo‘shilganimda, jamoat oxirgi rakatning rukusida edi. Men quloq qoqib, qolimni boyladim va rukuga bordim. “Subhana…” deyishim bilan imom «samiallohu…»ni aytishni boshladi. Bu deyarli bir vaqtda bo‘ldi. Lekin imom qiyomga turguncha men uch marta tasbeh aytdishga ulgurdim.
1) Shu holatda o‘sha rakat topiladimi?
2) Men oxirgi rakatga ulgurmadim deb, namozni to‘rt rakat oqidim. Shu ishim to‘g‘rimi. Javoblar uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Siz topgansiz. 2). Namozingizni qayta o‘qing. Siz oxirgi qa’daga o‘tirmagansiz. Chunki uch rak’atdan keyin qa’daga o‘tirishingiz shart edi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 06:15 | Savol-javoblar | 151 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar